O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekistonda velosportni ommalashtirishga qaratilgan memorandum imzolandi

2020-08-26 | Sport

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimiz aholisi, ayniqsa yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5ta muhim tashabbus ilgari surilgan edi.

Tashabbuslarning ikkinchisi jismoniy tarbiya va sport sohasiga qaratilgan boʻlib, unda “yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish” koʻzda tutilgan.

Mazkur tashabbus ijrosini amalga tatbiq etish maqsadida Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi tomonidan ham keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunga misol tariqasida 2019-yilda mamlakatimizda ilk marotaba veloshosse boʻyicha Osiyo chempionati zoʻr muvaffaqiyat bilan oʻtkazilganligini aytishimiz mumkin. Unda qitʼamizning 40 dan ortiq mamlakati sportchilari gʻoliblik uchun bahs olib borishgan, musobaqa jarayonlari nufuzli “Eurosport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etilgandi.

Raqamlarga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, oxirgi uch yilda oʻzbekistonlik sportchilar xalqaro maydonlarda 81ta medalga sazovor boʻlishdi, shundan 24tasi oltin medaldir. Buning natijasida vakillarimiz tomonidan Tokio-2020 olimpiada oʻyinlariga ikkita yoʻllanma naqd qilindi. Yana bir eʼtiborga molik voqea, Oʻzbekiston sporti tarixida ilk marotaba ayol sportchimiz olimpiada oʻyinlarida gʻoliblik uchun bahs yuritish huquqini qoʻlga kiritdi. Bularning barchasi yurtimizda velosiped sporti jadal ommalashib borayotganini anglatadi.

Bugun, 26-avgust kuni poytaxtimizdagi Kongress-xollda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi oʻrtasida mamlakatimiz yoshlari orasida velosportni ommalashtirish boʻyicha uch tomonlama hamkorlik memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi prezidenti Tanzila Norboyeva, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev, sportchilar, trenerlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan T.Norboyeva bugungi pandemiya sharoitida salomatlikning naqadar bebaho neʼmat ekanligi, sport bilan shugʻullangan inson har jihatdan sogʻlom boʻlib, kasallikni oson yengib oʻtishi, velosport bilan shugʻullanish esa inson salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini alohida taʼkidladi.

Soʻngra Jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiyev ham soʻzga chiqib, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda velosportni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilayotganligiga urgʻu qaratdi.

- Respublikamizda velosportni yana-da rivojlantirish, mavjud infratuzilmani mustahkamlashga jiddiy eʼtibor qaratilayotgani tahsinga loyiq. Bugun Toshkent va Namangan shaharlarida barpo etilgan velotrek majmualari xorijlik sportchilarda ham ijobiy taassurot qoldirib, ular yurtimizda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish taklifini bildirishmoqda. Hozirda Jizzax shahrida barpo etilayotgan BMX velotrek majmuasi ham tez orada foydalanishga topshiriladi. Bu esa ushbu sport turi rivojida yangi davrni boshlab berishiga shubha yoʻq, - dedi Dilmurod Xamidullayevich oʻz maʼruzasida.

Marosimda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Saʼdullayev, terma jamoamizning yetakchi sportchisi, Tokio-2020 olimpiadasi litsenzianti M.Xolmurodov va boshqalar soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda velosport rivoji yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlarni yuksak darajada eʼtirof etishdi.

Shundan soʻng uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Ishonamizki, bugun imzolangan memorandum yurtimiz yoshlari orasida velosportni yana-da ommalashtirish, jahon arenalarida yurtimiz sportchilari erishayotgan gʻalabalar salmogʻining yana-da ortishiga xizmat qiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться