O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Karantin davrida yaratilgan asarlar koʻrgazmasi

2020-08-26 | Madaniyat

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xiroyama xalqaro madaniyat karvon saroyida rassom Gayane Matevosyanning “Tabiatdan zavqlanish” deb nomlangan koʻrgazmasi ochildi. Koʻrgazmada ijodkorning 60 ga yaqin asari namoyish etilmoqda.

Gayane Matevosyan – isteʼdodli musavvir, multiplikator, sumi-e sanʼatining professional ustasi, respublikamizda yapon kalligrafiyasi bilan shugʻullanadigan yagona rassom hisoblanadi. U 2016-yilning sentyabr oyidan Ikuo Xiroyama xalqaro madaniyat karvonsaroyi studiyasida yapon sumi-e sanʼati boʻyicha mashgʻulotlar olib boradi.
 
Karantinda oʻtkazilgan vaqt koʻpchilik rassomlarga ijod bilan shugʻullanish uchun yana-da koʻproq imkoniyat yaratdi. Gayane ham karantinda yaratgan ishlarining asosiy qismini tabiatga bagʻishladi.
 
–Atrofimizdagi tabiatni rassom uchun eng yaxshi ilhom manbai deb hisoblayman, –deydi Gayane Matevosyan. – Koʻp yillar yapon sumi-e sanʼati bilan shugʻullanib, goʻzallikni detallarda, bir qarashda sezilmas narsalarda koʻrishga oʻrganib qoldim. Karantin davri bahor fasli, butun tabiat yangilangan, daraxtlar gullagan, yangi oʻtlar oʻsgan davrga toʻgʻri keldi va tabiat odamlardan dam oldi. Bunday goʻzallikka maftun boʻlmaslikning, uni kartinalarda kashf qilmaslikning iloji yoʻq edi.
 
Sketching – bu tezkor rasmlar chizish uslubidir. Uning texnikasi shunday oʻziga xos xususiyatga egaki, rasm juda tezlikda bajariladi, bu esa rassomning qisqa vaqt ichida turli obyekt va gʻoyalarni amalda bajarishiga imkon beradi. Sketching texnikasi ancha vaqtdan beri dizaynerlar va oʻz fikr hamda gʻoyalarini boshqalarga rasm yordamida tezda yetkazib berishi kerak boʻlgan insonlar uchun asosiy uslubga aylangan.
 
Akademik tasvir va rassomlikda sketch boʻlajak asar uchun eskiz vazifasini oʻtaydi, ranglar gammasi va kompozitsiya tanlanadi. Bugungi kunda sketching yoʻnalishi rivojlandi va u zamonaviy sanʼatda allaqachon mustaqil rassomlik yoʻnalishlaridan biri deb hisoblanadi.
 
Gulnoza BOBOYEVA, OʻzA

Manba: O'zA

Поделиться