O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rasmiy Bayonot

2020-08-25 | Jamiyat

Xabaringiz bor, koronavirus pandemiyasi tufayli bugungi kunda davlatlar o‘rtasida transportning barcha turlarida yo‘lovchi tashish jarayonini amalga oshirish cheklangan. Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda yo‘lovchilar oqimi eng ko‘p harakatlanadigan muntazam temir yo‘l va aviaqatnovlarni amalga oshirish ham to‘xtatilgan. Mazkur vaziyatda xorijdagi fuqarolarimizni Vatanga olib kelish uchun esa Pespublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq muntazam ravishda charter repatriatsiya reyslar tashkil etilmoqda.

Shuningdek, Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 7-iyuldagi 33-son bayoniga muvofiq karantin davrini mehmonxonalarda o‘tkazish sharti bilan turoperatorlar yoki aviakompaniyalarning murojaatiga asosan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni sanitariya-epidemiologiya talablariga qat’iy rioya qilgan holda oldindan fuqarolarni mehmonxonagacha kuzatuv va mehmonxonada joylashtirish xizmatlarini tashkil qilish hisobiga respublikaning barcha xalqaro aeroportlari orqali yetkazib kelish bo‘yicha tijoriy charter qatnovlarini tashkil qilishga ruxsat berilgan.

Bugungi kunda “Atlanta Air”, “Asia Lux”, “Oltin Vodiy”, “Anzur Travel”, “Real Avia Business”, “Don Avia Trans”, “Jalolquduq avia trans”,“Otpusk.uz” kabi yigirmadan ortiq xususiy turoperatorlar tomonidan bir qator yo‘nalishlarda tijoriy charter qatnovlari amalga oshirilib kelinmoqda. Turoperatorlar tomonidan tashkil etilgan tijoriy charter qatnovlari orqali shu bugungi kunga qadar 3 000 nafardan ortiq fuqarolarimiz O‘zbekistonga olib kelindi.

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda xorijdagi fuqarolarni O‘zbekistonga olib kelish maqsadida tashkil etilayotgan charter repatriatsiya reyslari chiptalari judda qimmat narxlarda sotilayotgani yuzasidan turli xabarlar tarqalmoqda. Mazkur masala tahlil qilinganida esa bu kabi xabarlarni qoldirayotgan fuqarolar aslida aynan turoperatorlar tomonidan amalga oshirilayotgan tijoriy charter qatnovlarining chipta narxlari xususida fikr bildirayotgani oydinlashmoqda.

Shu o‘rinda Transport vazirligi turoperatorlar va avikompaniyalar tomonidan tashkil etilayotgan tijoriy charter qatnovlarining Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq tashkil etilayotgan charter repatriatsiya reyslarga aloqasi yo‘q ekanligini yana bir bor eslatib o‘tadi.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq “Uzbekistan airways” aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan charter repatriatsiya reyslari chipta narxlari eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘layotgan yo‘nalishlar Moskva – Toshkent 397 AQSh dollari, Istanbul – Toshkent 353 - 400 AQSh dollari, Dubay – Toshkent 366 AQSh dollari miqdorida bir tomonga realizatsiya qilinmoqda.

Shu o‘rinda yo‘lovchilardan tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida aviachiptalarni sotib olishni tezlashtirish bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif etayotgan shubhali shaxslardan yordam so‘ramasligini so‘raymiz.

Turoperatorlar va aviakompaniyalar tomonidan tashkil etilayotgan tijoriy charter reyslarining nisbatan qimmatligi esa quyidagi omillar bilan bog‘liq;

- Qatnov amalga oshirilayotgan davlatning talabi bilan aksariyat hollarda parvozning bir tomonga bo‘sh (yo‘lovchilarsiz)amalga oshirilayotgani;

- samolyotlarning ijara puli;

- yo‘nalish masofasi va nechta davlatlar havo kengli hududlaridan uchib o‘tishi;

- aeronavigatsion xizmatlar;

- aeroport yer usti xizmatlari va yig‘imlari;

- olib kelingan yo‘lovchilarni aeroport hududidan mehmonxonaga transportda yetkazib qo‘yish;

- mehmonxonada karantin qoidalariga rioya etgan holda bo‘lishni nazorat qilishni tashkil etish;

- tibbiy va sanitariya xizmati harajatlari;

- PZR test sinamalarini olish qiymati va boshqa moliyaviy harajatlar.

Transport vazirligi turoperatorlar va aviakompaniyalar tomonidan tashkil etilayotgan tijoriy charter reyslarining chipta narxlarini shakllantirish va belgilash jarayonlarida ishtirok etmaydi.

Manba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Поделиться