Bugun Davlatimiz tomonidan mamlakat aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘liq ta'minlash, iste'molchilar talabini yetishtirilayotgan meva-uzum mahsulotlari hisobiga to‘la qondirish hamda eksport salohiyatini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu bois ham mamlakatimizda boshqa sohalardagi kabi uzumchilik ham tez sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda.
Bugun Davlatimiz tomonidan mamlakat aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘liq ta'minlash, iste'molchilar talabini yetishtirilayotgan meva-uzum mahsulotlari hisobiga to‘la qondirish hamda eksport salohiyatini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu bois ham mamlakatimizda boshqa sohalardagi kabi uzumchilik ham tez sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda.
Bobo dehqonlarimiz tomonidan yetishtirilayotgan o‘zbek uzumlarining turli navlariga xorijda ham talabgorlar ko‘lami tobora ortib bormoqda. Xorij mamlakati savdo do‘konlari rastalaridan joy olgan uzumlarimiz qisqa fursatlarda o‘z xaridorlarini topishini albatta quvonarli. Sabab esa bitta, uzumlarimizning mazayu-ta'mi, sarxilligi va tabiiyligidadir.
Shunday ekan, bozorlarimizda to‘kinlik ta'minlangan ayni damda ne'matlarimizni butun dunyo bilan bahramand ko‘rish, tashqi bozorga ham chiqarish hech zarar qilmaydi. Aksincha, dehqonu-bog‘bonlarga foyda bo‘ladi, zero, eksport ko‘paysa, valyuta tushumi ham ko‘payadi.
Mamlakatimiz agrar-dehqonchilik sohasida ijobiy tajriba orttirgan, o‘z o‘rniga ega viloyatda ham uzum mahsulotlarini eksport qilish borasida katta salohiyat va imkoniyat mavjud. Eksportbop uzumlarni yetishtirish tobora rivojlanmoqda.
Xususan, joriy yilning bugungi kuniga qadar viloyatdan xorijga umumiy qiymati 11 million AQSh dollari bo‘lgan vazni qariyb 9 ming tonna uzum mahsulotlari eksport qilingan.
Bunda jonbozlik ko‘rsatayotgan eksportchi korxonalar faolligini alohida ta'kidlab o‘tish joiz. Quvonarlisi shuki, ushbu tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari dunyo bozorlarida o‘z mahsulotlari bilan o‘rin egallashmoqda.
Masalan, Samarqand tumanidagi “Sam Rin Treyd” qo‘shma korxonasi 2020-yil hosilidan chetga qiymati 1,1 mln. AQSh dollari, vazni 655 tonna, Jomboy tumani “To‘laqo‘rg‘on mevalari” fermer xo‘jaligi qiymati 0,7 mln. AQSh dollari, vazni 434,5 tonna hamda Kattaqo‘rg‘on tumani “Qoqsoy savdo barakasi” MChJ qiymati 500 ming AQSh dollari, vazni 289,2 tonnaga teng uzum mahsulotlarini eksport qilishgan.
Ma'lumot tariqasida shuni aytib o‘tish joizki, bugun viloyatning 92 taga yaqin korxonalari tomonidan uzum mahsulotlarini eksport qilish yo‘lga qo‘yilgan.
Eksport qilinayotgan uzumlar ko‘lamini davlatlar misolida ko‘radigan bo‘lsak, asosan qiymati 2,8 mln. AQSh dollari, vazni 2 310,5 tonnaga teng Xitoy, qiymati 2,2 mln. AQSh dollari, vazni 1 381,8 tonnaga teng Turkiya, qiymati 1,5 mln. AQSh dollari, vazni 1 436,2 tonnaga teng Rossiya, qiymati 1,0 mln. AQSh dollari, vazni 1 283,0 tonnaga teng Qozog‘iston va qiymati 400 ming AQSh dollari, vazni 265, tonnaga teng Gruziya davlatlari ulushiga to‘g‘ri kelib, bundan tashqari yana 27 davlatning savdo rastalaridan o‘rin olmoqda.
Darhaqiqat, ona zaminimiz tuprog‘i oltinga teng. Bugun qadalgan urug‘ ertaga mo‘l hosil beradi. Mamlakatimizda yetishtirilgan meva-sabzavot, poliz ekinlari va uzum jahon bozorida yuqori baholanadi, shuning uchun ularga xaridor ko‘p. Bu esa o‘z mamlakatimiz eksport salohiyati yanada yuksaltirishga undaydi, natijada yangi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega loyihalar ishga tushishi tezlashadi, iqtisodiy barqarorlik ta'minlanadi, aholi farovonligi oshadi.
O‘z o‘rnida har bir korxonaning eksport operatsiyalarini amalga oshirish jarayonlarini qisqa vaqt mobaynida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish borasida bojxona xodimlari tomonidan 24 soat davomida yaqindan yordam ko‘rsatilmoqda.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi