O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda tez fursatda issiqxonalar faoliyatini rivojlantirishning yangicha mexanizmlari joriy etiladi

2020-08-24 | Iqtisodiyot

Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev sohaga aloqador mutasaddilardan iborat Respublika ishchi guruhi bilan Peshku tumaniga tashrif buyurdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 20-avgust kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda mamlakatimizda, jumladan, qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik faoliyati rivojlantirish, har bir fermer va dehqonning daromadini oshirishga imkoniyat yaratib berish masalalari muhokama qilindi.

J.Xodjayev uchrashuv chog‘ida issiqxonalarda to‘g‘ri agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmayotganligi, marketing tahlili mavjud emasligi, tayyor mahsulotlarning manzilli tashqi bozorlarini yaratish zarurligi, ko‘chat, urug‘ tanlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi, kimyoviy vositalar to‘g‘ri qo‘llanilmayotganini bildirdi.  

Yuqorida qayd etilgan kamchiliklardan kelib chiqib, Ishchi guruh a’zolari tomonidan tijorat banklari hamkorligida 20 dan ortiq tashabusskorlarning “Buxoro Agro” erkin iqtisodiy zonasida 60 gektarda zamonaviy issiqxona loyihalari o‘rganilib chiqildi. 

Muhokamalar natijasidan so‘ng, issiqxonalarni barpo etish buyicha yangi mexanizm ishlab chiqildi. Unga ko‘ra:

— Peshku tumanida tashkil etilayotgan issiqxonalar egalari kooperatsiyaga birlashtiriladi va shu orqali “bir tuman, bir mahsulot” tamoyili asosida eksportbop mahsulot ishlab chiqarilishiga erishiladi;

— issiqxona yo‘nalishidagi barcha loyihalar dastlab Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqiladi, tijorat banklariga moliyalashtirish uchun taqdim etiladi;

— xalqaro va mahalliy mutaxassislarni jalb qilgan holda issiqxona yo‘nalishida faoliyat yurituvchilarning bilim va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv seminarlar tashkil etiladi;

— ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, respublika hududlarining tabiiy-iqlim sharoitiga mos issiqxona inshootlarining yangi qurilish me’yorlarini ishlab chiqishni qisqa muddatlarda yakunlash va amaliyotga joriy qilinadi;

— O‘zbekistonda qiymati 3,5 mln dollarga teng bo‘lgan issiqxonalarni rivojlantirish loyihasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Uchrashuvda "Buxoro Agro" EIZ hududida zamonaviy issiqxonalar qurish loyihasini qo‘llab-quvvatlash hamda, zamonaviy issiqxonalar qurishda yurtimizda ishlab chiqariladigan mahalliy mahsulotlardan foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlash haqida kelishib olindi. 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться