O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Shavkat Mirziyoyev Karim Kamolovning xizmatlarini e’tirof etdi
2020-08-23 | Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahrida Karim Kamolov xonadoniga kelib, uning rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirdi, judolikni yengishda sabr-toqat tiladi.
Davlatimiz rahbari marhumning el-yurt farovonligi yo‘lidagi xizmatlarini e’tirof etdi.
- Rahmatli Karim aka juda yaxshi inson edi, beg‘ubor qalb egasi, noyob mehnatsevar kishi edi. Buxorodagi o‘zgarishlarga ko‘p mehnatlari singgandi. Rejalari ham ulkan edi. Beqiyos halollik va sadoqat bilan, o‘zini o‘ylamay, odamlarning manfaati uchun ishladi. Bir paytlar adolatsizlik tufayli boshidan kechirgan kunlari ham uning sog‘lig‘iga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. U kishining fidokorona xizmatlarini davlatimiz, xalqimiz aslo unutmaydi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shundan so‘ng Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyorat etilib, Qur’on tilovat qilindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti