O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan To'rtko'l tumanida sodir bo'lgan holat yuzasidan ma'lumot

2020-08-20 | Jamiyat

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda “To'rtko'lda militsiya bo'limida komaga tushgan yigit vafot etdi” sarvlaha ostida tarqalgan maqolada keltirilgan vajlar haqiqatga umuman to'g'ri kelmasligi aniqlandi.

Holatga aniqlik kiritadigan bo'lsak, joriy yilning 26-iyulda soat taxminan 16:30larda To'rtko'l tumani IIB navbatchilik qismiga To'rtko'l tumani “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig'inidagi xonadonlar biridan X.Ch. qo'ng'iroq qilib, uning mast holatda bo'lgan turmush o'rtog'i S.I. o'zining qaynotasi bilan urushib, bir-birini do'pposlayotganliklari xaqida ma'lumot bergan.

Ma'lumot sifatida, xonadon egasi S.I. spirtli ichimliklarga ro'ju qo'ygan shaxs hisoblanib, doimiy ravishda xonadonda janjallar uyushtirib kelgan. Ushbu oila bilan mahalla faollari hamda profilaktika inspektori tomonidan doimiy ravishda profilaktik suhbatlar o'tkazib kelingan.

Kelib tushgan xabarga ko'ra hududiy profilaktika inspektori leytenant M.Djumaniyazov, sherigi profilaktika inspektori leytenant M.Jabbarbergenov bilan birga voqea joyiga etib borishgan. Shu erda yashovchi fuqaro S.I. mast holda oila tinchligini buzayotganligi, badanida tan jarohatlari borligi aniqlanib, bemorga tez tibbiy yordam ko'rsatish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan va mutahassislar tomonidan tibbiy ko'rikdan o'tkazilgan. Birlamchi tashxisga ko'ra fuqaro I.S. mastlik holatida ekanligi, ikkala oyog'ining pastki qismida tirnalgan, yuz qismida shilingan jarohatlari mavjudligi qayd etilgan. Bemor kasalxonada qolishni istamagan.

Shundan so'ng, holatni rasmiylashtirish maqsadida I.S., turmush o'rtog'i X.Ch. bilan birgalikda profilaktika inspektorining xizmat xonasiga olib kelinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilayotgan vaqtda, fuqaro I.S. tobi qochganligini ma'lum qilgan. Tezkorlik bilan chaqirtirilgan tez tibbiy yordam xodimlari fuqaro I.S.ning qon bosimi yuqori bo'lganligi sababli, uning turmush o'rtog'i Ch.X.ning kuzatuvi ostida tibbiy muolaja ko'rsatish uchun tuman tibbiyot birlashmasiga olib ketishgan. Tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan fuqaro I.S. tibbiy ko'rikdan o'tkazilib, shu kuni soat taxminan 18:30larda uyiga javob berilgan.

ertasi kuni, ya'ni 27-iyul kuni ertalab fuqaro I.S. xushiga kelmaganligi sababli uning oila a'zolari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan va holat haqida tuman ichki ishlar bo'limiga xabar berilgan.

2020-yilning 11-avgust kuni fuqaro I.S. tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo'limida tegishli muolajalarga qaramay koma holatidan o'ziga kelmasdan vafot etgan. 
Hozirda mazkur holat bo'yicha To'rtko'l tumani prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shu o'rinda ijtimoiy tarmoq yurituvchi va foydalanuvchilaridan barcha kelib tushayotgan ma'lumotlarni haqqoniyligini tekshirib, so'ng jamoatchilikka etkazishingizni, yolg'on ma'lumotlarni tarqatmasliklarini so'rab qolamiz.

Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Поделиться