O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Joriy yilning 14-avgust kuni Qishloq xo‘jaligi sohasida yosh olimlar ilmiy sohasida amaliy konferentsiya o‘tkazildi
2020-08-17 | Fan
Konferensiyaning asosiy maqsadi Respublikada qishloq xo‘jaligi fanlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalarini muhokama qilish, yosh olimlarning ilmiy natijalarini ishlab chiqarishga joriy qilish, ularni tanishtirish hamda qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Unda qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirishda ilm-fanning o‘rni va ahamiyatini kuchaytirish, qishloq xo‘jaligi ilm-fanining barcha jabhalarida yosh olimlarning faol ishtirokini ta’minlash hamda ular o‘rtasida o‘zaro ilmiy-ijodiy hamkorlikni kuchaytirish, yosh olimlarning zamonaviy yutuqlarini taqdim etib borish maqsad qilingan.
- qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi sohasidagi ilmiy, ilmiy metodik, nazariy muammolar yechimlarini muhokama qilish;
- qishloq xo‘jaligi ekinlarini paravarishlashning intensiv, resurstejamkor, tuproq unumdorligini oshiriga qaratilgan agrotexnologiyalarni yaratish, takomilalashtirish borasidagi muammolar yechimlari bilan tanishish;
- qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi, urug‘shunosligi, mevali va manzarali daraxtlar ko‘chatchiligi sohasidagi muammolar yechimlarini o‘rganish;
- qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini oshirish, mexanizatsiya vositalaridan foydalanishning samarali usullarini takomillashtirish;
- qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararli organizmlardan himoyalash tizimini, vositalari va usullarini yaratish hamda takomillashtirish;
- qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti, mehnat unumdorligini oshirish, zamonaviy xo‘jalik yuritish shakllarini rivojlantirish, kooperatsiya munosabatlarini takomillashtirish, agrosanoat integratsiyasi borasidagi muammolar yechimlari yuzasidan ilmiy maruzalar muhokamalarini tashkil etish.
- qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini keng targ‘ibot qilish, malakali mutaxassislarni tayyorlash, tajriba almashish ishlarini kengaytirish choralarini ko‘rish kabi masalalar konferensiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi.
Konferensiyada 8 ta sho‘’ba ish olib borib, “G‘o‘za va texnik ekinlar seleksiyasi, urug‘chiligi va agrotexnologiyasi” sho‘’basida g‘o‘za va texnik ekinlarni parvarishlash agrotenologiyalari hamda selektiyasi va urug‘chiligi;
“Don-dukkakli hamda sholi va moyli ekinlar seleksiyasi urug‘chiligi va agrotexnologiyasi” sho‘’basida don-dukkakli hamda sholi va moyli ekinlarini parvarishlash agrotenologiyalari, selektiyasi va urug‘chiligi;
“Sabzavot poliz va kartoshka, meva va uzum, o‘rmon dorivor ekinlari seleksiyasi urug‘chiligi hamda agrotexnikasi” sho‘’basida sabzavot poliz va kartoshka, meva va uzum, o‘rmon dorivor ekinlarini parvarishlash agrotenologiyalari, seleksiyasi va urug‘chiligi;
“Tuproq unumdorligi va uni oshirish, irrigatsiya va melioratsiya, suv xo‘jaligi va tuproq eroziyasiga qarshi kurash” sho‘’basida to‘proq xossalarini tatqiq etish, tuproq unumdorligini oshirish, irrigatsiya va eroziya masalalari;
“O‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish” sho‘’basida texnik, dukkakli, sabzavot ekinlari va mevali daraxtlarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish kabi masalalar muhokama qilindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi