O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 13,2 foizni tashkil etdi

2020-08-03 | Jamiyat

O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar-iyun oylarida ishsizlik darajasi 13,2 foizni tashkil etdi.

Joriy yilning iyun oyida  Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Respublika bandlik va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi tomonidan Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan metodika bo‘yicha respublikaning  101 ta shahar va tumanlarida navbatdagi ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi. Unda  490 ta fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari,  4,9  mingta uy xo‘jaliklari hamda  25,9 ming nafar fuqaro qamrab olindi.  

COVID-19 pandemiyasi  davrida koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilgan karantin chora-tadbirlari mehnat bozoriga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi.

O‘tkazilgan tadqiqot natijalari respublikada ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholining 13,2 foiz tashkil etganligini ko‘rsatdi.

Bu ko‘rsatkich 2019-yilning shu davrida 9,1 foizga teng bo‘lgan.  Ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1 944,0 ming kishini tashkil etadi (16-30 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida ishsizlik darajasi- 20,1 foiz, ayollar o‘rtasida ishsizlik darajasi esa - 17,4 foiz).

Mehnat resurslari soni  19 084,6 ming  kishini tashkil etib, 2019-yilning shu davriga nisbatan 0,6 foizga ko‘paygan bo‘lsa COVID-19 pandemiyasiyaning iqtisodiyot sub'yektlari faoliyatiga salbiy ta’siri natijasida iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 foizga yoki 671 ming kishiga kamayib, 12 736,7 ming kishini tashkil qildi.

Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarining rasmiy sektorda band bo‘lgan aholi soni 5 581,2 kishini tashkil qilib, o‘tgan yil shu davrga nisbatan 0,2 foizga yoki 12,4 ming kishiga kamaydi.

Bunda koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilgan ayrim cheklov chora-tadbirlar sababli yakka tartibda tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 167,5 ming (46,4 foiz)ga kamayib ketganligi hisobiga yuzaga kelgan bo‘lsa, 131,2 ming ishsizlarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish hisobiga rasmiy bandlar soni keskin kamayish oldi olindi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra respublikadan tashqariga xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketganlar soni 2 040  ming kishini tashkil etgan, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 553,2 ming, 2020 yilning 1-chorak yakuniga nisbatan esa 232,1 ming kishiga kamaygan.

Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni (xorijda ishlayotgan mehnat migrantlarini hisobga olmaganda) o‘tgan yilga nisbatan 2,1 foizga yoki 105,3 mingga kamayib, 5 114,6 ming kishini tashkil etmoqda. Bunda asosan vaqtinchalik bir martalik va mavsumiy ishlarni bajaruvchilar

(108,4 mingga kamaygan), mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmasdan oilaviy korxonalarda va tadbirkorlarda ishlovchilar (87,6 ming), ro‘yxatdan o‘tmasdan va tegishli ruxsatnomasiz faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar (110,6 ming) soni kamaydi.

Shu bilan birga karantin chora-tadbirlari davrida uyda o‘tirgan fuqarolar soni oshganligi hamda fuqarolarning shaxsiy tomorqalarni rivojlantirish uchun Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan subsidiyalar berish dasturi hajmi keskin ortganligi uchun dehqon va shaxsiy tomorqalarda band bo‘lganlar soni 201,1 mingga ortgan.

Tadbirkorlik sub'yektlari va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga mehnat stajini hisobga olish va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi berilishi norasmiy sektorda bandlar ulushini kamaytirish imkoniyatini bermoqda.

Respublikada iqtisodiy nofaol aholi soni 2019 yil mos davriga nisbatan 4,5 foizga oshgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tkazilgan tadqiqot davomida tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish sohasi vakillari karantin chora-tadbirlari davrida vaqtinchalik o‘z faoliyatlarini to‘xtatib turishlarini va cheklovlardan so‘ng qayta tiklash niyatini bildirib, boshqa faoliyat bilan shug‘ullanmaslikni afzal ko‘rayotganligi sababli oshganligini ko‘rsatdi.

2020-yilning yanvar-iyun oylarida, ayniqsa COVID-19 pandemiyasining mehnat bozoriga salbiy ta’sirini yumashatish maqsadida mehnat organlari tomonidan 588,2 ming(30 yoshgacha bo‘lganlar 159,9 ming va ayollar 229,4 ming) ishsiz va band bo‘lmagan aholiga xizmatlar ko‘rsatildi.

Xususan, 501,1  ming nafari doimiy ish o‘rinlariga ishga joylaytirish va jamoat ishlariga jalb qilish orqali bandligi ta’minlandi,

15,0 ming nafar ishsizlar kasb-hunarga o‘qitildi, 27,0 ming nafar ishsiz shaxslarga Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan 10,1 mlrd. so‘m ishsizlik nafaqasi to‘lab berildi.

Shuningdek, Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan ajratiladigan subsidiyalar hisobiga 24,8 ming nafar fuqaro shaxsiy tomorqalarida, 15 ming nafar fuqaro qishloq xo‘jaligi, tikuvchilik va hunarmandchilik kooperativlarida a’zo sifatida biriktirilib, band qilindi, 3 ming nafar fuqaro tadbirkorlikka jalb etildi, 256 ta ish beruvchiga mehnat organlari yo‘llanmasi bilan ishga olingan 2,3 ming nafar ishsizlarning kasbiy malakasini oshirganligi va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini ishga olganligi uchun moddiy ko‘mak ajratildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Поделиться