O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kasb-hunarga o‘qitish markazlari va kasbga o‘qitishni tashkil etish yuzasidan videoselektor o‘tkazildi

2020-07-24 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5953-son Farmonida hamda davlatimiz rahbarining respublikamizning qator hududlariga qilgan tashriflarida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgan 30 ta kasb-hunar kollejlari bazasida har bir viloyatda «Ishga marhamat» monomarkazlari va kasbga tayyorlash markazlarini tashkil etib, ularda, birinchi navbatda, ishsizlar va kambag‘al oilalar a’zolarining kasb-hunarga o‘qitilishi vazifasi belgilangan.

Mazkur yo‘nalishda olib borilgan ishlarning zamirida aholi bandligini oshirish orqali xalqimizning turmush darajasini yuksaltirishga erishish ko‘zda tutilgan. Pirovadda, kasb-hunarga o‘qitish orqali bugungi muammolarni hal etish va kelajakdagi  taraqqiyotni ta’minlanishiga erishiladi. Shu maqsadda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan respublikamizning barcha xududlarida “Ishga marhamat” monomarkazlarini ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning 22-iyul kuni Namangan viloyatida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Toshkent shahar va viloyatlari boshqarma boshliqlari ishtirok etdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2020-yil 14-iyul kuni yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan ko‘rsatmalar va topshiriqlar ijrosi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Toshkent shahrida tashkil etilgan “Ishga marhamat” Monomarkazi namunasidagi monomarkazlarni viloyatlarda bunyod etish sur’atlarining borishi ko‘rib chiqildi. Mazkur monomarkazlarni respublikamizning har bir hududi bo‘yicha qurilishi, ta’mirlanishi, jihozlanishi va boshqa tashkiliy masalalari alohida tahlil qilindi.

Bunda, respublikamizning 9 ta viloyat markazlarida - vazirlik tasarrufiga berilgan kasb-hunar kollejlari negizida va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida esa - yangi ajratilgan yer maydonlarida binolar va inshootlar qurish hisobidan tashkil etiladigan monomarkazlarning loyiha-smeta hujjatlarini qisqa muddatda ishlab chiqish, loyihachi va qurilish tashkilotlarni o‘rnatilgan tartibda tanlab olib, qurilish va ta’mirlash ishlarni qisqa muddatlarda boshlab joriy yilning oxirigacha monomarkazlarni ishga tushirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, respublika bo‘yicha 136 ta mahalla guzarlarida kasb-hunarga o‘qitish maskanlarini tashkil etib, ularda kasb-hunarga o‘qitishning tikuvchilik, oshpazlik, qandolatchilik, sartaroshlik, kompyuter savodxonligi, tadbirkorlik asoslari va boshqa murakkab asbob-uskunalar talab etilmaydigan yo‘nalishlari bo‘yicha qisqa muddatli (uch oydan oshmagan) o‘quv kurslari tashkil etilish masalasi ham ko‘rib chiqilib, viloyat boshqarmalari tomonidan amalga oshirish lozim bo‘lgan asosiy vazifalar belgilandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Поделиться