O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston mehnat bozori pandemiya sharoitida: mutaxassislar muhokamasi

2020-07-22 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida «COVID-19 ning O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta’sirini baholash (daromadlar, mehnat bozori va ijtimoiy himoyadan foydalanish imkoniyatlari): inqirozga qarshi choralar va davlat siyosatini yanada takomillashtirish yo‘nalishlari» mavzusidagi ma’ruzaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

COVID-19 global pandemiyasi, shuningdek, koronavirus infektsiyasining tarqalishi bilan bog‘liq cheklov choralari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlariga ta’sir qilgan holda odatdagi hayot tarzini sezilarli darajada o‘zgartirdi. O‘zbekistonda, boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi, iqtisodiyotni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, karantin cheklovlari va ularning oqibatlarining salbiy ta’sirini kamaytirish choralari ko‘rilmoqda.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda Xalqaro mehnat tashkiloti ko‘magida joriy yilning 20 aprelidan 6 mayiga qadar o‘tkazilgan so‘rovlar yuzaga kelgan vaziyatni o‘rganishga bag‘ishlandi. Ulardan birinchisi «Aholi uchun inqirozga qarshi tartibga solish va karantin choralari sharoitida kichik va xususiy biznesda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni baholash», ikkinchisi «Karantin cheklovlari sharoitida aholi va biznesni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash darajasini baholash» mavzusiga bag‘ishlandi.

Taqdimot paytida muhokama qilingan ma’ruzada respondentlar birinchi holatda - kichik va xususiy biznes vakillari, ikkinchisida - yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘z-o‘zini band qilganlarning tadqiqotlar natijalari jamlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov yig‘ilish ishtirokchilariga aholining bandligini rag‘batlantirish, ish o‘rinlari va ishchilar daromadlarini saqlash, joylarda xavfsizlik va salomatlikni ta’minlash maqsadida Hukumat tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli inqirozga qarshi choralar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Jumladan, kichik va mikrotadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun ma’lum soliq va to‘lovlar bo‘yicha kafolatlar va to‘lovlarni kechiktirish imkoniyati yaratildi, soliq imtiyozlari va imtiyozli kreditlar bo‘yicha stavkalar kamaytirildi. Norasmiy sektorda ish joylarini yo‘qotgan odamlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ijtimoiy nafaqalar to‘landi va moddiy yordam ko‘rsatildi.

Bundan tashqari, Hukumat aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida koronavirus pandemiyasi sharoitida ijtimoiy ahvoli va turmush darajasi yomonlashgan oila a’zolarini ish bilan ta’minlashning vaqtinchalik tartibini tasdiqladi. Ishsizlik nafaqalarini tayinlashning soddalashtirilgan tartibi joriy etildi, unga ko‘ra 20 mingdan ortiq ishsizlar ishsizlik nafaqalarini olishdi.

Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan uch oy davomida 400 mingga yaqin fuqaro bandlik va doimiy daromad bilan ta’minlandi, korxonalarda sanitariya me’yorlari va mehnat xavfsizligi bo‘yicha tizimli monitoring tashkil etildi. O‘z-o‘zini ish bilan ta’minlash uchun kasblar ro‘yxati 67 taga kengaytirilib, o‘z-o‘zini ish bilan ta’minlaganlar soni 150 mingdan oshdi.

XMTning Munosib mehnatni texnik qo‘llab-quvvatlash guruhi va XMTning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha byurosi direktori Olga Kulayeva tayyorlangan hujjatning ahamiyati to‘g‘risida to‘xtalar ekan: «Taqdim etilgan ma’ruzaning o‘ziga xos xususiyati nafaqat COVID-19 ta’sirini baholashga, balki inqirozdan keyingi rivojlanish bo‘yicha taklif etilayotgan qator tadbirlarga ham e’tibor berishga qaratilgan. XMTning pandemiyaga qarshi kurashining to‘rtta asosiy tamoyilidan kelib chiqqan holda mamlakatlar: 1) Iqtisodiyot va bandlikni rag‘batlantirish, 2) Korxonalar, ish o‘rinlari va daromadlarni qo‘llab-quvvatlash; 3) Ishchilarni ish joylarida himoya qilish va 4) Ijtimoiy muloqotni kuchaytirish»ga e’tibor berishlari lozim», deya ta’kidladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi Doimiy koordinatori Xelena Freyzer munozara ishtirokchilariga murojaat qilib, muhokama qilinayotgan hujjat inqirozga qarshi dasturni ishlab chiqish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning asosiy natijalaridan biri ekanligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Ayni damda berilgan baho Hukumat, BMT va xalqaro moliya institutlarining daromadlarni himoya qilish, ish o‘rinlarini saqlash va aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash bo‘yicha aniq harakatlarni aniqlash va rivojlantirish uchun muhimdir».

O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi raisining o‘rinbosari Baxtiyor Maxmadaliyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi pandemiya davrida mehnat me’yorlari bo‘yicha o‘z tavsiyalarini ishlab chiqdi, O‘zbekiston Ish beruvchilar konfederatsiyasi vakillari bilan birgalikda korxonalarda sanitariya me’yorlari, mehnat xavfsizligi va mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan jamoatchilik nazorati olib borilmoqda.

Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov hukumat tomonidan karantin davrida kichik biznes faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarga e’tibor qaratdi. Unga ko‘ra, ustuvorlik turizm sohasidagi korxonalari, restoran biznesi, o‘z-o‘zini ish bilan band qilganlarga beriladi. 100 ming yuridik shaxsning 19,8 trln. so‘mlik kreditlarni to‘lash muddatlari uzaytirildi. Hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash va sohada 120 mingta ish o‘rnini yaratish maqsadida 300 milliard so‘m ajratildi.

XMTning O‘zbekiston bo‘yicha milliy maslahatchisi Janna Fattaxova hisobotning asosini tashkil etgan so‘rov natijalari bo‘yicha asosiy tezislarni taqdim etdi. O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov va Xalqaro mehnat tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha byurosining munosib mehnatni texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi mutaxassisi Yasmina Papa bo‘lib o‘tgan muhokamaga yakun yasashdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Поделиться