O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi investitsiya faoliyatining 2020 yilning birinchi yarim yillik yakunlari

2020-07-22 | Iqtisodiyot

Joriy yilning yanvar - iyun oylarida o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 4,8 mlrd dollarni, shu jumladan to‘g‘ridan - to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar - 3,2 mlrd dollarni va davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar - 1,6 mlrd dollarni tashkil etdi.

Shu bilan birga, asosiy kapitalga kiritilgan to‘g‘ridan - to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2,6 mlrd dollarni tashkil etib, 2019-yildagi shu ko‘rsatkichga nisbatan 1,2 marotaba o‘sish sur’ati kuzatildi. To‘g‘ridan - to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning umumiy investitsiya hajmidagi ulushi 29,5% gacha o‘sdi.

Hisobot davrida 494 ta loyiha ishga tushirildi: 28 ta yirik ishlab chiqarish korxonasi va 466 ta hududiy ahamiyatga ega sanoat ob'yektlari.

O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalarni kiritish bo‘yicha Rossiya, Xitoy, Germaniya va Turkiya davlatlari yetakchilik qildi, respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiya kiritgan mamlakatlarning umumiy soni 37 tani tashkil etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda elektrotexnika sanoati (2019-yilning shu davriga nisbatan o‘sish - 13 barobar), qurilish materiallari ishlab chiqarish (o‘sish - 3,6 barobar), AKT (o‘sish - 3,5 barobar) sohalari investorlar uchun eng jozibador bo‘lib qoldi. Oziq-ovqat sanoati (o‘sish - 1,5 barobar), kimyo sanoati (o‘sish - 1,3 barobar) va to‘qimachilik sanoati (o‘sish - 1,6 barobar) ham yaxshi o‘sish dinamikasini ko‘rsatdi.

Shu bilan birga, mintaqaviy ahamiyatga molik loyihalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilishning o‘sish tendentsiyasi mustahkamlandi va hisobot davrida 2 mlrd dollarni tashkil etib, 2019-yilning shu davriga nisbatan 1,05 barobarga oshdi. Umumiy summaning 1,6 mlrd dollari asosiy kapitalga yo‘naltirildi. Hududiy loyihalar doirasida investitsiyalarni o‘zlashtirish hajmi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar umumiy hajmining 62,3 foizini tashkil etdi.

Viloyatlar kesimida 2020-yilning birinchi yarmida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘sishining eng yuqori dinamikasi Namangan (1,6 barobar), Toshkent (1,6 barobar), Qashqadaryo (1,5 barobar) va Sirdaryo (1,4 barobar) viloyatlarida kuzatildi.

Umuman olganda, 2020-yil oxiriga qadar 2 mingdan ortiq ijtimoiy, infratuzilmaviy va sanoat ob'yektlari, shu jumladan 206 ta yangi yirik ishlab chiqarish ob'yekti, 240 ta hududiy ahamiyatga ega ishlab chiqarish ob'yekti hamda 1,6 mingga yaqin ijtimoiy va infratuzilmaviy ob'yektlari foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться