O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi Bosh direktorining o‘rinbosari bilan muzokaralar to‘g‘risida
2020-07-21 | Iqtisodiyot
2020-yil 21-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidikov Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi (KAITJ) Bosh direktorining o‘rinbosari Marvan Abdulloh al-G‘onim bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va KAITJ o‘rtasidagi moliyaviy-texnik hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Jamg‘armaning O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarda, xususan qishloq hududlarida uy-joylar qurish, suv ta’minoti tizimini yaxshilash va aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash sohasidagi ishtirokiga alohida e’tibor qaratildi.
KAITJ Bosh direktorining o‘rinbosari koronavirusga qarshi kurash doirasida O‘zbekiston tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash uchun 5,6 million dollar miqdoridagi Jamg‘arma mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston tomonining taklifini qo‘llab-quvvatladi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan KAITJ ishtirokida turli loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi