“Oʻzbekiston Respublika Tovar-xom ashyo birjasi” AJ Boshqaruvi raisi Ziyoviddin Badriddinov aholi, tadbirkorlar, savdo ishtirokchilari va birjaning boshqa mijozlari bilan birja faoliyati yuzasidan samarali muloqotni yoʻlga qoʻyish maqsadida oʻzining telegram-boti va elektron pochtasini ochdi.
Endilikda istalgan foydalanuvchi birja faoliyati yuzasidan oʻzining savoli yoki taklifini birja rahbariga @UzexMarkazBot telegram-boti yoki markaz@rtsb.uz elektron pochtasi orqali yuborishi mumkin.
Birja raisi bilan bevosita muloqotni yoʻlga qoʻyishdan koʻzlangan asosiy maqsad muammoli masalalarni oʻz vaqtida aniqlash, ularni har tomonlama oʻrganish va tezkor bartaraf etish hamda birja faoliyatini optimallashtirish va samardorligini oshirishdan iboratdir.
Mijozlar bilan muloqot qilish usullarini kengaytirish ochiqlik tamoyllariga toʻla mos keladi va Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Eslatib oʻtamiz, birjada, shuningdek, mijozlar bilan muloqot qilish uchun @uzexfeedbackbot tunu-kunlik telegram-boti va (+71) 207-00-33 telefon raqami orqali Call-markazi ham faoliyat yuritadi.
Manba: O'zA