O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

MDH Ijroiya qo‘mitasida kvotalarni taqsimlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishi yakunlari to‘g‘risida

2020-07-21 | MDH

O‘zbekistonning MDHdagi raisligi doirasida 2020-yilning 20-iyul kuni Hamdo‘stlik mamlakatlari ekspertlari videokonferensaloqa shaklida MDH Ijroiya qo‘mitasi Raisi – MDH Ijroiya kotibi o‘rinbosarlari va MDH Ijroiya qo‘mitasidagi boshqa mansabdor shaxslar kvotalarni taqsimlash, tayinlash va almashtirish tartibini takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Tadbirda Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida MDH Ijroiya qo‘mitasida kvotalarni taqsimlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha kelgusidagi ishlar shakli ko‘rib chiqildi.

Ekspertlar yig‘ilishi yakunida MDH Tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi majlisida ushbu masala muhokamasini davom ettirishga qaror qilindi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться