O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2020-07-17 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 16 iyul kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri P.Siyyarto va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida global epidemiologik vaziyatning rivojlanish tendentsiyalari hamda ikki mamlakat hukumatlari tomonidan koronavirus tarqalishiga qarshi kurash va pandemiyaning iqtisodiy oqibatlarini yumshatish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

P.Siyayrto pandemiyaga qarshi kurashda O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilgan gumanitar yordam uchun samimiy minnatdorchilik bildirib, Vengriyaning boshqa mamlakatlardan olgan barcha gumanitar yuklari orasida O‘zbekistonning yordami hajmi jihatidan eng katta ekanligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston joriy yilning bahorida koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish va aholini himoya qilishda gumanitar yordam sifatida Vengriyaga 650 ming dona tibbiy niqobni yubordi.

Shuningdek, investitsiya, savdo va moliyaviy sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning keng ko‘lamli masalalar ko‘rib chiqildi. Vengriya tomoni tadbirkorlarning O‘zbekiston kompaniyalari bilan investitsiya hamkorligi va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganligini ta’kidladi. Ushbu sohadagi mavjud salohiyatdan samarali foydalanish maqsadida meva-sabzavot va to‘qimachilik tarmog‘ida hamda qurilish materiallarini ishlab chiqarishda yangi sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ishlab chiqish shuningdek, ishga tushirilgan loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama o‘zaro yordam ko‘rsatish maqsadida harakatlarni birlashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Tomonlarning fikriga ko‘ra, Vengriyaning ilg‘or kompaniyalarining ishlanmalari asosida dori-darmonlarni ishlab chiqarishning barcha jarayonlarini o‘z ichiga olgan qo‘shma korxonalarni tashkil etishni nazarda tutgan holda farmatsevtika sanoatidagi hamkorlik ham muhim ustuvorlikka ega.

O‘zaro savdoni oshirishda sezilarli yutuqlarga erishilgani alohida ta’kidlandi - birgina joriy yilning 5 oyi yakunlari bo‘yicha o‘zaro savdo aylanmasi ko‘rsatkichlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40% o‘sishni ko‘rsatmoqda. Shu nuqtai nazardan, ikki davlat rahbarlarining o‘tgan yilning oktyabr oyida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (TDHK) yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida Vengriya bilan savdo aylanmasini 100 mln dollarga yetkazish uchun kelishilgan “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish bo‘yicha birgalikdagi ishlarning muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, shu nuqtai nazardan Vengriyada O‘zbekiston - Vengriya savdo uyini tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.

Bank-moliya sohasidagi sheriklikni rivojlantirish borasida aniq qadamlar belgilandi - O‘zbekistonda Vengriyaning “OTP banki”ni ochish istiqbollari, shuningdek Vengriya Eksimbanki mablag‘larini jalb etgan holda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Har ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining yaqin hamkorligini ta’minlashdagi yutuqlar ham alohida qayd etildi - hozirgi kunda O‘zbekiston - Vengriya ishbilarmonlik Kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi hujjat loyihasini kelishish jarayoni yakunlandi. Mazkur tuzilma faoliyati O‘zbekiston va Vengriya ishbilarmon jamoalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratiladi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda kooperatsion birjaning joriy yil sentyabr oyida «B2B» i «G2B» shaklidagi ishini videokonferentsiya rejimida tashkil etishga kelishib olindi.

O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasini ilgari surish doirasida «O‘zbekiston-Vengriya-Evropa Ittifoqi» formatidagi hamkorlikni kengaytirishga, shuningdek, O‘zbekiston - YeI o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni kelishish doirasida faol hamkorlik qilishga tayyorligi aytib o‘tildi. Bu O‘zbekiston - Yevropa munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga imkon yaratadi.

Uchrashuv yakunida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha joriy yil noyabr oyida O‘zbekiston - Vengriya Hukumatlararo komissiyasining 6-yig‘ilishini va har ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forumini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, vazifalari yangi investitsiya va savdo bitimlarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lgan ishchi guruh tuzishga kelishildi. Bu esa ikki tomonlama aloqalarni chuqurlashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться