O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatini tubdan rivojlantirishga kirishildi

2020-07-15 | Iqtisodiyot

14-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi Paxta selektsiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishish, u yerdagi mavjud muammolarni o‘rganish yuzasidan mazkur institutga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida dastlab institutda olib borilayotgan ta’mir ishlari, tajriba maydonlari, laboratoriyalari bilan tanishildi. Ushbu ob'yektlar o‘rganilishi jarayonida, har sohada bo‘lgani kabi, mamlakat qishloq xo‘jaligi sektorini rivojlantirish uchun soha ilmini kuchaytirish, taraqqiy ettirish kerakligi aytib o‘tildi.

Qayd etib o‘tish joizki, Paxta selektsiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti 1922-yilda tashkil topgan. Bugungi kunda institutda 574 nafar xodim faoliyat ko‘rsatib, 36 nafar fan doktorlari ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Institutda g‘o‘za kollektsiyasi yovvoyi namunalarini tirik holda saqlash, yangi g‘o‘za navlarini yaratishda selektsion jarayonni qisqartirishga va turli kasallik va zararkunandalarga chidamli ashyolarga baho berishga mo‘ljallangan “Fitotron” noyob ob'yekti hamda ko‘p yillik g‘o‘za monokultura tajriba dalasi mavjud.

Darhaqiqat, bugun qishloq xo‘jaligi ilm-fanidagi rivojlanishni keyingi bosqichga olib chiqish uchun mavjud muammolarni bartaraf etish lozim bo‘ladi.

- Ilmiy salohiyatni kuchaytirish, moddiy-texnik bazani modernizatsiya qilish, turli yangi yo‘nalishlarni tashkil etish bilan sohada kontseptual o‘zgarishlarga erishiladi, - deya ta’kidladi Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev. - Agrar sohada ilm-fan, ta’lim hamda ishlab chiqarishni o‘zaro bog‘langan holda rivojlanish tamoyili bugungi kunda asosiy vazifalardan biriga aylanib bormoqda. Yangi bilim va innovatsiyalar tizimida O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yilayotgan “Agroxizmatlar markazi” ishlab chiqarish egalari bo‘lmish agrobizneschilar, agrotadbirkorlar, soha iqtisodchilari imkoniyatlarini kengaytiradi.

Ishchi guruh tomonidan Institutning “Fitotron” majmuasi sharoitida sun’iy ravishda tajriba sinovlari natijalari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xususan, majmuada namlik, yorug‘lik, harorat kabi turli faktorlarning paxta o‘simligiga ta’siri, yangi hosildor navlarni yaratishdagi tashqi muhitning o‘rganilishi borasida ma’lumotlar keltirib o‘tildi. Jahon paxtachilik standartlarining eng yaxshi ko‘rsatkichlarini qo‘lga kiritish uchun xorijiy mutaxassislar bilan birga ish olib borish, xorijiy tajribalarni ushbu sektorga jalb qilish, yangi-yangi innovatsiyalarni tadbiq etish ayni muddao ekanligi yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi. 

Qariyb bir asrlik tarixga ega mazkur institutda g‘o‘za genetikasi, selektsiyasi, urug‘shunosligi, paxta yetishtirish agrotexnologiyalari bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilgan. Shunday esa-da, bu borada strategik yo‘nalishlar hamda istiqbolli ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun institut faoliyatini tubdan takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish, eng asosiysi esa, kadrlarni qo‘llab-quvatlash, zamonaviy uskunalarni sohaga tadbiq etish yangi tendentsiyalarni yaratish kabi aniq masalalar o‘z yechimini topganicha yo‘q.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, uchrashuv mobaynida bir qator muammolar qayd etildi. Xususan, institutdagi laboratoriyalarda fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy asbob-uskunalar yetarli emasligi, mavjudlarining eskirib, bugungi kun talabiga javob bermasligi, institut ilmiy xodimlari faoliyati faqat Davlat grantlariga asoslanayotgani, soha bo‘yicha zamonaviy ilmiy ishlanmalarni yaratish va ularni joriy etishda chet el hamkor tashkilotlari bilan aloqalar rivojlantirishda moliyaviy imkoniyatlarni yetarli emasligi ma’lum bo‘ldi.

Yuqoridagi muammolarni hal etish yuzasidan quyidagi takliflar kiritildi hamda ularni amalga oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Jumladan,

- Paxta selektsiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining bugungi kunda paxta klasterlari bilan hamkorligini jadallashtirish va paxtachilikdagi BCI sertifikatsiya tizimini joriy qilish borasidagi hamkorligini yo‘lga qo‘yish. Bunda Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkiloti tomonidan respublikamizda paxtachilik sanoatida barqaror va qo‘shimcha qiymat zanjirini rivojlantirish loyihasi imkoniyatidan keng foydalanish va bu borada xalqaro ekspertlarning tavsiyalarini amaliyotga joriy qilish, paxtachilik klasturlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha tahliliy izlanishlarni kengaytirish;

- Jahon bankining O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini takomillashtirish loyihasi doirasida institutga ajratiladigan mablag‘larni sohani bugungi ehtiyojidan kelib chiqqan holda modernizatsiya qilish bo‘yicha istiqbolli va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan tadbirlarga yunaltirish;

- Paxtachilikda erishilgan ilmiy yutuqlarni amaliyotga keng joriy etishda yangi yaratilayotgan “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi” AKIS imkoniyatlaridan keng foydalanish.

Uchrashuv davomida institutning kelgusi faoliyati haqida o‘zaro fikr almashinib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться