O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qishloq xo‘jaligida joriy yilda amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama etildi
2020-07-15 | Iqtisodiyot
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan agrar sohada 2020-yil I yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar hamda II yarim yillikda kutilayotgan natijalar, sohadagi kamchilik va muammolar, investitsiya va eksport prognoz ko‘rsatkichlari ijrosi yuzasidan videokonferentsiya shaklida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev olib bordi. Unda Vazirlikdagi boshqarmalar, agentliklar, markazlar, ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etishdi. Unda asosiy e’tibor qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida qisqa va uzoq muddatli islohotlarni amalga oshirish yuzasidan “Qishloq xo‘jaligini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi” doirasida, bir qator islohotlar amalga oshirilganiga to‘xtalib o‘tildi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev sohada amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalar ekan, joriy yilda kutilayotgan natijalar, jumladan, I yarim yillikda qishloq xo‘jaligida erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini va mahsulot yetishtiruvchilar manfaatdorligini oshirish, investitsiyalarni keng jalb qilish hisobiga qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha vazirlik tomonidan jami 54 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilganini bildirdi. Shundan 2 ta qonun, 18 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, 31 ta Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari hamda 3 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Shuningdek, Qishloq xo‘jaligini 2020-yilgacha rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish, Dorivor o‘simliklar yetishtirish, Organik ishlab chiqarishni rivojlashlantirish hamda Strategik tahlil, statistika va raqamlashtirish bo‘yicha alohida boshqarmalar tashkil etildi. Fermer xo‘jaliklarida 2 mln 967 ming gektar asosiyva 858,5 minggektar takroriy maydonlarga qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli o‘tkazish orqali hosildorlikni oshirish belgilandi.
Jumladan, agrotexnik tadbirlarni o‘zvaqtida va sifatli o‘tkazish, qo‘shimcha oziqlantirish hisobiga hosildorlikni paxtada 10 sentnerga, g‘allada 20 sentnerga oshirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, yalpi qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqarish hajmi joriy yilning I yarim yilida 84,8 trillion so‘mni tashkil etib, 2019-yilning shu davriga nisbatan 103 foiz o‘sishga erishildi. Joriy yilnig 1-iyul holatiga jami 6 million tonna meva-sabzavot yetishtirildi. Shu kabi boshqa tarmoqlarda ham yaxshi natijalarga erishilgan. Bugungi kunda 2020-yil hosili uchun jami 1 mln 34 ming gektar maydonda g‘o‘za parvarishlanmoqda.
Shu bilanbirga, sohadailm-fanni rivojlantirish doirasida tizimdagi ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari tomonidan 19 ta patent olinib, soha olimlari yaratgan 9 ta yangi nav va duragaylari (sabzavotlarning 7 ta va 2 ta duragay) davlat reyestriga kiritildi.
Yig‘ilishda ishtirokchilar tomonidan joriy yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalarga ham to‘xtalib o‘tildi. Xususan, qishloqx o‘jaligi tizimini raqamlashtirishni, “aqlli qishloq xo‘jaligi” dasturini va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish tizimi yaratiladi. Sohaga investitsiya kiritish bo‘yicha Xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb etish va o‘zlashtirish ta’minlanadi.
O‘z navbatida yuqoridagi ishlarni bajarishda 2020-yilda vazirlik rahbariyati tomonidan amalga oshiriladigan aniq vazifalar belgilab olindi. Vazirlik va uning tizimidagi Agentliklar va ilmiy muassalalar tomonidan Prezident tomonidan agrar sohani isloh qilish bo‘yicha qabul qilingan barcha normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini joylarga chiqqan holda mahalliy hokimliklar, fermerlar, agroklasterlar, qaytaishlovchi, eksportyor hamda xizmat ko‘rsatuvchi va ta’minotchi korxonalarga yoritib beriladi va amalda ijrosi ta’minlanadi.
Ishtirokchilar tomonidan sohadagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha kelishib olindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi