O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Poytaxtda yangi Call-markazi ish boshlaydi

2020-07-09 | Jamiyat

Koronavirus pandemiyasi tobora avj olayotganligi sababli unga qarshi kurash va kasallikdan himoyalanish tadbirlarini kuchaytirish bugunning eng muhim va dolzarb tadbirlaridan biridir.

Yurtimizda joriy etilgan karantin cheklovlari doirasida Toshkent shahar hokimligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan COVID-19 kasalligidan davolanayotgan va uy sharoitida karantinga olingan yurtdoshlarimizni alohida tibbiy axborot bilan ta’minlovchi, ular haqida ma’lumotni o‘rganib turuvchi Call-markazining faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Call-markazi uy va shifoxona sharoitida COVID-19 kasalligidan davolanayotgan va uy karantiniga olingan yurtdoshlarimiz, ularning yaqinlari va oila a’zolariga tezkor va aniq axborot ko‘magini berish hamda ular bilan axborot almashinishga qaratilgan.

Boshqa toifaga kiruvchi fuqarolar, ya’ni o‘zida boshqa kasallik alomatlarini sezayotgan, koronavirus infektsiyasiga chalinganlikda shubhada bo‘lgan yurtdoshlarimiz 1003 qisqa raqamiga, turar joylari bo‘yicha tibbiyot muassasalariga, oilaviy poliklinikaga murojaat qilishlari so‘raladi.

Tashkil etilayotgan Call-markaziga 10-iyul kuni soat 9:00 dan 1-avgust kuniga qadar 1105 qisqa raqami orqali murojaat qilish mumkin.

Call-markazi 24 soat davomida uzluksiz ishlaydi.

Manba: Toshkent shahar hokimligi

Поделиться