O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi axboroti
2020-07-09 | Jamiyat
O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda “Jibek joli” – “G‘isht-Ko‘prik” nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida 3000 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolarining to‘planishi kuzatilmoqda.
Bosh konsulxona xodimlari nazorat-o‘tkazish punktida bo‘lib turishibdi, vatandoshlar bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan, diaspora vakillari bilan birgalikda issiq ovqat va boshqa yordam tashkil qilinmoqda, vaziyat umumiy nazoratga olingan.
Ta’kidlash joizki, 1-iyuldan buyon 2700 dan oshiq vatandoshlar, asosan kasallar, qariyalar, homiladorlar va yosh bolali ayollar O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tishdi.
Texnik sabablarga ko‘ra so‘nggi kunlarda vatandoshlarning davlatlararo chegaradan o‘tishlari cheklangan miqdorda amalga oshirildi.
“Jibek joli” o‘tkazish punkti orqali respublika fuqarolarining O‘zbekiston hududiga cheklangan holda kirishi bilan bog‘liq barcha muammolar tez muddatda hal qilinadi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi