O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob'yektlarini muhofaza qilish qoidalari
2020-07-07 | Texnologiyalar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi “Elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob'yektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob'yektlarining muhofaza zonalari quyidagicha o‘rnatiladi:
elektr uzatish havo tarmoqlari bo‘ylab — chetdagi simlardan, ularning og‘magan holatida elektr uzatish tarmoqlarining ikkala tomoni bo‘ylab quyidagi masofadagi parallel vertikal tekisliklar bilan chegaralangan yer uchastkasi va havo makoni qismi ko‘rinishida kuchlanishi:
- 1 kVgacha kuchlanishli tarmoqlar uchun — 2 metr (binolarning devorlari, konstruktsiyalar va hokazalar bo‘ylab o‘tkazilgan o‘zini o‘zi tutib turuvchi yoki izolyatsiyalangan simli liniyalar uchun muhofaza zonasi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq o‘rnatilgan. Bunday tarmoqlardan ruxsat etilgan minimal masofalar bilan aniqlanadi);
- 20 kV kuchlanishli tarmoqlar uchun — 10 metr (aholi punktlari chegaralarida joylashgan o‘zini o‘zi tutib turuvchi yoki izolyatsiyalangan simli liniyalar uchun 5 metr);
- 35 kV kuchlanishli tarmoqlar uchun — 15 metr;
- 110 kV kuchlanishli tarmoqlar uchun — 20 metr.
Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi