O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tadbirkorga amaliy ko‘mak

2020-07-03 | Iqtisodiyot

Respublikamizda iste’molchilar manfaatlari yo‘lida halol xizmat qilayotgan, ularga sifatli mahsulot yetkazib berayotgan, o‘z burchi va mas’uliyatini his qilayotgan tadbirkorlarimiz uchun barcha imkoniyat va zarur imtiyozlar yaratib berilmoqda.

Buning natijasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan ko‘pgina ishbilarmonlar, yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, o‘z biznesdagi imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqdalar.

Vazirlar Mahkamasida tashkil etilgan onlayn yig‘ilishining asosiy mavzusi mamlakatimizda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, eksportyor korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvatlash, hamda ularga amaliy yordam berishda vazirlik va idoralarning vazifalari tahliliy ko‘rib chiqildi.

Yurtimizda halol raqobat muhitida mehnat qilib, o‘zining brendiga ega bo‘lgan, sifat tamoyillariga amal qilayotgan, xalqimizga sifatli va xavfsiz mahsulotlarni yetkazib berayotgan tadbirkorlarga standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha ham amaliy ko‘mak berilishiga to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilishda mas’ullariga, tadbirkorlar murojaatlariga o‘z vaqtida sifatli amaliy yerdam berish, ularni milliy va xalqaro standartlar bilan ta’minlash, sertifikatlashtirish hamda ularga tegishli bo‘lgan o‘lchov vositalarini o‘z vaqtida metrologik tekshiruvlarini o‘tkazishda zarur imtiyozlar asosida ishni tashkil etish va bu yo‘nalishda yangicha yondashuvlar zarurligi belgilab berildi.

Manba: O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Поделиться