O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Majburiy mehnatga qarshi kurashish yuzasidan Toshkent viloyatida o‘quv-seminar tashkil etildi

2020-07-03 | Jamiyat

Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish komissiyasining 2020-yil 17-iyundagi yig‘ilishida tasdiqlangan yo‘l xaritasiga muvofiq, Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda majburiy mehnatning oldini olish, mavsumiy ishga jalb qilinadigan ishchilarni yollashda mehnat qonunchiligiga amal qilish masalalari bo‘yicha respublikamiz bo‘ylab reja asosida onlayn o‘quv-seminarlar davom etmoqda. Navbatdagi manzil Toshkent viloyati bo‘ldi.

Karantin talablariga to‘liq rioya etgan holda tashkil etilgan mazkur yig‘ilishda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari N.Yakubov, Xalqaro Mehnat Tashkiloti vakili O.Lipkanu, Ish beruvchilar konfederasiyasi, Savdo-sanoat palatasi, Kasaba uyushmalari federasiyasi mas’ullari, fuqarolik jamiyati faollari, Toshkent viloyati fermer xo‘jaliklari va paxta to‘qimachilik klasteri rahbarlari hamda ish beruvchilar ishtirok etdi.

Tadbir davomida tinglovchilar majburiy mehnat tushunchasining mazmun-mohiyati, paxta yig‘im terimi davrida mavsumiy ishchilarni ishga qabul qilishda nimalarga amal qilish zarurligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, o‘quv-seminar oxirida ular mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Поделиться