O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hindiston farmatsevtika kompaniyasi Oʻzbekiston bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi

2020-07-03 | Sog‘liqni saqlash

Mamlakatimizning Hindistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Dilshod Ahatov 2-iyul kuni Hindistonning “Kusum Healthcare” farmatsevtika kompaniyasi bosh direktori Sanjiv Gupta bilan videokonferensiya shaklida muzokara oʻtkazdi.

“Kusum Healthcare” kompaniyasi 1997-yilda tashkil etilgan boʻlib, ginekologik, ortopedik, dermatologik, revmatologik, nevrologik, gastroenterologik, urologik va boshqa kasalliklarni davolash uchun keng turdagi dori vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Hindistonda uchta, Ukrainada bitta ishlab chiqarish korxonasi bor, mahsulotlari butun dunyo boʻylab sotiladi.
 
Ushbu kompaniya 2005-yili mamlakatimizda oʻz vakolatxonasini ochgan edi. Bugungi kunda bu yerda 120 dan ortiq xodim ishlaydi.
 
Sanjiv Gupta Oʻzbekistondagi qulay sarmoyaviy muhit, malakali kadrlar, yaxshi xomashyo va infratuzilma imkoniyatlari kabi bir qator omillarga asoslanib, kompaniyaning faoliyatini kengaytirish niyatida ekanini taʼkidladi. U Toshkent viloyati Zangiota tumanida tashkil etilgan “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteri hududida talab yuqori boʻlgan antibiotiklar, zamburuqqa qarshi, antirevmatik va ogʻriq qoldiruvchi dori vositalari ishlab chiqarish boʻyicha loyihani amalga oshirmoqchi ekanini bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, buning natijasida 100 ga yaqin yangi ish oʻrni yaratiladi.
 
Loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilish uchun tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi rahbariyati ishtirokida qoʻshimcha muzokaralar oʻtkazishga kelishib oldi.

Manba: O'zA

Поделиться