O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Lombardiya mintaqasi prezidenti bilan videokonferentsiya bo‘lib o‘tdi

2020-07-03 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 1-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov va Lombardiya hududi (Italiya) prezidenti A.Fontana o‘rtasida videokonferentsiya shaklida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash mexanizmlari, investitsiyaviy, mintaqalararo va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ikki mamlakat davlat tuzilmalari va ishbilarmon doiralari o‘rtasida aloqalarni o‘rnatishning yaxlit vositasi - Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo ishchi guruh shaklida institutsional o‘zaro hamkorlikni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi. Shu nuqtai nazardan, Italiyaning Sanoatchilar konfederatsiyasi "Konfindustriya" va uning Lombardiyadagi mintaqaviy bo‘linmasi "Assolombarda" ishtirokida Milan shahrida O‘zbekiston-Italiya biznes-forumini o‘tkazish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Videokonferentsiya davomida o‘tgan yilning noyabr oyida A.Fontananing O‘zbekistonga tashrifi Lombardiya ishbilarmon doiralarining O‘zbekistondagi loyihalarni amalga oshirishga bo‘lgan qiziqishini ortishiga kuchli turtki bo‘lganligi ham ta’kidlandi - hozirgi vaqtda neft va gaz, sog‘liqni saqlash, baliqchilik sohalarida, shuningdek, maishiy qattiq chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlashda qator loyihalar ishlab chiqilmoqda. Teri va poyabzal, zargarlik buyumlari, brendga ega to‘qimachilik mahsulotlari va ipak buyumlari, qishloq xo‘jaligi va qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohalarini qamrab olgan holda, Italiya va O‘zbekiston ishbilarmonlarning manfaatlari qo‘lamini kengaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirishga kelishib olindi.

O‘zbekiston va Italiya mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berishni ko‘paytirish orqali ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish chora-tadbirlariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ma’lumot uchun: 2019-yilda O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 30 foizga o‘sib, 400 mln dollardan oshdi. Joriy yilning yanvar-may oylari yakunlariga ko‘ra o‘zaro savdo hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19,4 foizga o‘sib, 142,9 mln dollarni tashkil etdi.

Muzokaralar chog‘ida ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish uchun mintaqalararo hamkorlik iqtisodiy va sanoat kooperatsiyaning yangi shakliga o‘tish O‘zbekiston-Italiya munosabatlarining istiqbolli yo‘nalishi sifatida belgilandi. Xususan, muloqotda Samarqand va Respublikaning boshqa mintaqalarida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, issiqxonalar va intensiv bog‘larni tashkil etish, maishiy texnikalar, zargarlik buyumlari, qurilish materiallari, kabel, ipak tolasi, qog‘oz ishlab chiqarish, shuningdek, chorvachilikni rivojlantirish va chiqindilarni qayta ishlashda yetakchi Lombardiya kompaniyalarini jalb etish istiqbollari qayd etildi.

Madaniy-gumanitar soha ham muhokama qilindi: hozirgi vaqtda Samarqand davlat universiteti va Insubria universiteti (Komo sh.) o‘rtasida o‘qituvchilar, talabalar va nashrlar almashinuvini, qo‘shma seminar va tadqiqotlar o‘tkazishni ta’minlaydigan hamkorlik o‘rnatilgan. Loyihalarni boshqarish va menedjment sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha Toshkent shahridagi Respublika Biznes va boshqaruv oliy maktabi va Milan Politexnika universiteti qoshidagi Biznes oliy maktabi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar ham faol rivojlanmoqda.

Shu nuqtai nazardan, Toshkent shahrida Italiya dizayn markazini tashkil etish tashabbusi ustida ishlash maqsadida Milan Politexnika universiteti qoshidagi «Polidizayn» dizayn maktabi bilan aloqalarni o‘rnatish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish hamda muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida aniq natijalarga erishish maqsadida tegishli chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться