O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AQSh Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasining (DFC) ijrochi direktori A.Boler bilan uchrashuv o‘tkazildi

2020-07-02 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov AQSh Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasining (DFC) ijrochi direktori A.Boler bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston va AQSh ikki tomonlama munosabatlarini mustahkamlash doirasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

A.Boler xususiy sektor va infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltirilgan ustuvor loyihalar va tashabbuslarni birgalikda moliyalashtirish orqali Respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida Korporatsiyaning bevosita ishtirok etishiga katta qiziqish bildirdi.

Amaliy hamkorlikka tezkor o‘tish uchun amerikalik sheriklarga qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, farmatsevtika va qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohasidagi 27 ta aniq investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqish taklif etildi.

Amerika tomoni quyosh va shamol energetikasi hamda transport sektoridagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, tomonlar O‘zbekistondagi yirik davlat korxonalari va tijorat banklarini xususiylashtirishda ishtirok etayotgan xususiy investorlarni moliyalashtirishda DFC jalb qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

DFC korporatsiyasi va O‘zbekiston hukumati ishtirokida hamda Markaziy Osiyo boshqa davlatlari va Afg‘oniston hukumatini jalb etish istiqbollarini hisobga olgan holda qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etishning imkoniyati alohida muhokama qilindi. Jamg‘arma vazifasi energetika, infratuzilma, ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalarida mintaqaviy ahamiyatga molik ustuvor loyihalarni, shuningdek, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirishdan iborat bo‘ladi. Mazkur jamg‘armani tashkil etishda boshqa manfaatdor tomonlarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Mintaqada iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi: samarali logistika yo‘llarini tashkil etish va xalqaro ahamiyatga ega yirik transport markazlari bilan ulanish uchun transmilliy temir yo‘l infratuzilmasini kengaytirish maqsadida kelgusidagi o‘zaro hamkorlik muhimligi ta’kidlandi.

Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlar ustida ishlash va hamkorlikning

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться