O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yoshlar bilan onlayn muloqot oʻtkazildi

2020-06-30 | Jamiyat

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq mamlakatimizda 30-iyun kuni “Yoshlar kuni” sifatida nishonlanib kelinmoqda.

Shu munosabat bilan 2020-yil 29-iyun kuni Xalq taʼlimi vazirligi, “Yuksalish” umummilliy harakati, “U-report” yoshlar platformasi va Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Islohotlarni amalga oshirish va qarorlarni qabul qilish jarayonlariga yoshlarni jalb qilish” mavzusida onlayn muloqot oʻtkazildi.

Muloqotning asosiy maqsadi – yoshlarning olib borilayotgan islohotlarda faol ishtirok etishiga koʻmaklashish, qabul qilinayotgan qarorlarda ularning fikri va gʻoyalari muhimligini tushuntirish, yoshlar tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslarning davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi kabi qator masalalar muhokama qilindi.

Mazkur onlayn muloqotda Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Dilshod Kenjayev ishtirok etib, “Yoshlar kuni" munosabati bilan mamlakatimiz yoshlarini tabrikladi. Soʻngra bugungi kunda xalq taʼlimi tizimida oʻquvchi-yoshlarning erishayotgan yutuqlari va yoshlar faoliyatini alohida eʼtirof etdi.

- Tizimdagi 9 942 ta maktablarda 6,2 mln. oʻquvchi-yoshlar tahsil olmoqda. Shu bilan birga 199 818 nafar yosh xodimlar oʻz mehnat faoliyatlarini boshlashdi. Soʻnggi 3 yil ichida xalq taʼlimi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilarining 595 nafari rahbar lavozimlariga tavsiya etilib, 21 nafari umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, 305 nafari direktor oʻrinbosari, 269 nafari boshqa rahbar lavozimlarga tayinlandi, – dedi vazir oʻrinbosari.

Yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan ushbu tadbir muhokama va munozaraga boy boʻldi. Onlayn muloqot davomida davlat idoralari rahbariyati va masʼullar tomonidan yoshlarning fikr-mulohazalari hamda gʻoyalari tinglanib, tegishli tavsiyalar berildi. Shu bilan bir qatorda, ular tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Поделиться