O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xarid qilgan hovlimiz buzilmasligini qanday bilamiz?

2020-06-29 | Jamiyat

«Bu yerdagi uylar buzilmas ekanmi?» bu savol hovli qilib, uy solishni istaganlarni doim tashvishga solishi bor gap. Negaki, ko‘pchilik kaftdek bo‘lsa ham o‘z hovlisi bo‘lishi va unda daraxtlar, gullar parvarishlashni istaydi. Biroq, shahar bo‘yiga va eniga rivojlanayotgan hozirgi vaqtda, siz xonadon xarid qilgan mahalladagi uylarni qurilish maydoniga aylanib qolishi hech gap emas.

Qurilish vazirligi o‘tkazilgan tizimdagi yangiliklar va rejalarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida bu va boshqa bir qator savollarga javoblar berildi. Xususan, hammaga qiziq bo‘lgan davlat shaharsozlik kadastri geoaxborot tizimi geoportalga tegishli yangiliklar ma’lum qilindi.
 
Bu bizga nima beradi? savoliga “OʼzGAShKLITI” davlat unitar korxonasi bo‘lim boshlig‘i Azimjon Primov shunday javob berdi.
 
“ Bunday geoportal yaratishdan asosiy maqsad - davlat shaharsozlik kadastrini yuritish hamda shaharsozlik hujjatlari va ma’lumotlarini jamoatchilikka onlayn rejimda taqdim etishni tashkillashtirishdir. Shaharlar, qishloqlar hududlarini rivojlantirish, arxitektura qiyofasini o‘zgartirish va shaharsozlik faoliyatini tartibga solish maqsadida ko‘plab bosh rejalar tashkillashtirish loyihalari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular bilan oddiy aholimiz, fuqarolarimiz, tadbirkorlarimiz tanish emas.
 
Biz ushbu geoportal orqali shaharsozlikning asosiy fundamenti bo‘lgan hujjatlar, shaharlarning Bosh rejalari va hududlarni arxitekturaviy rejalashtirishni tashkillashtirish loyihalari (APOT) kabi hujjatlar bilan oddiy aholi qatlamini, tadbirkorlarimizni tanishtirmoqchimiz.
 
Ya’ni, tadbirkor geoportalga kirgan holda o‘zini qiziqtirgan hududda qanaqa shaharsozlik faoliyati ob'yektlarini qurish mumkin yoxud ma’lum bir muayyan shartlarni bajargan holda qurish mumkinligi yoki qaysi faoliyat turlariga umuman ruxsat berilmasligi to‘g‘risida bilib oladi. Shaharning kelajakda kengayish rejalari va kommunikatsiya, transport tarmoqlarining rivojlanish sxemalari bilan tanishgan holda o‘z biznesi uchun qulay muhitni tanlash imkonini beradi. Shuningdek, har bir kishi o‘zi yashayotgan hududda qanday ob'yektlar qurilayotganligi, ularning loyihachisi va bosh pudratchisi kim ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ham erkin tanishadi.
 
Ayni vaqtda geoportalda Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Qashkadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududidagi 80 dan ortiq shahar va shaharchalarning bosh rejalari, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi 122 ta hududning arxitekturaviy rejalashtirishni tashkillashtirish loyihalari (APOT) to‘g‘risida ma’lumotlar joylashtirilgan. Joriy yil yakuniga qadar barcha viloyatlarni qamrab olish va geoportalni to‘liq ishga tushirish rejalashtirilgan”.
 
Qayd etish joizki, geoportalda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar o‘zlarining login va parollari yordamida shaharsozlik hujjatlarida o‘rnatilgan cheklovlar (himoya zonalari), muhandislik kommunikatsiya tizimlari va ularni rivojlantirish rejalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishish hamda ularni yuklab olish imkoniyati mavjud.
 
Geoportal foydalanuvchilari o‘zlarini qiziqtirgan hududning bosh rejasini yoki bosh rejaning tarkibiy qismlarini qatlamlar ko‘rinishida kartografik asos ustiga yuklashi va ularning shaffofligini o‘zgartirgan holda, o‘zaro solishtirish yo‘li bilan monitoring yuritish imkoniyati mavjud.
 
Demak, endilikda yer olib, shaxsiy uy-joy qurmoqchi bo‘lganlar ushbu portal ma’lumotlari asosida bexavotir qurilish ishlarini olib borishlari mumkin.
 
Sayyora ShOYEVA, O‘zA

Manba: O'zA

Поделиться