O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“YILNING ENG FAOL JURNALISTI” RESPUBLIKA TANLOVI GʻOLIBLARI - 2020

2020-06-26 | Jamiyat

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi milliy ommaviy axborot vositalarida faoliyat koʻrsatayotgan jurnalistlarning kasbiy mahoratini oshirish, ijodiy salohiyatini yuksaltirish, mamlakatimiz ijtimoiy hayotidagi, islohotlar jarayonidagi ishtirokini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bagʻishlangan anʼanaviy “Yilning eng faol jurnalisti” tanlovini pandemiya bois yuzaga kelgan karantin sharoitida Muvaqqat nizom asosida, onlayn tartibda oʻtkazdi.

Tanlov ommaviy axborot vositalarining barcha yoʻnalishlari – televideniye, radio, matbuot, foto va internet jurnalistikasi boʻyicha tashkil etildi.
 
“Yilning eng faol jurnalisti – 2020” tanlovi gʻoliblarini aniqlash, ijodiy ishlarni baholashda bosma ommaviy axborot vositalari va internet nashrlarida chop etilgan maqolalar, teleradiokanallarda efirga uzatilgan koʻrsatuv va radio eshittirishlarda turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar va demokratik yangilanishlar jarayoni, jumladan, koronavirus pandemiyasi va favqulodda holatlarda jamiyatimizda odamlarimiz tomonidan namoyon etilayotgan fidoyilik, oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va bagʻrikenglik kabi olijanob fazilatlar tobora mustahkamlanib borayotgani, Vatan taqdiri va istiqboliga daxldorlik tuygʻusi maʼnaviy hayotimizning uzviy qismiga aylanib borayotgani oʻz aksini topgan materiallarga alohida eʼtibor qaratildi.
 
“Yilning eng faol jurnalisti – 2020” respublika tanlovi gʻoliblari
 
1. Akbarov Tursunali,
 
“Xabar.uz”axborot-tahliliy portali huquq va murojaatlar boʻlimi muharriri
 
Mamlakatda inson huquq va manfaatlarini himoya qilish, sud-huquq tizimini yana-da takomillashtirish borasida islohotlar keng yoritilgan materiallari uchun.
 
2. Isroilov Otabek,
 
“Mashʼal” gazetasi bosh muharriri oʻrinbosari (Toshkent viloyati)
 
Tumanda olib borilayotgan yangilanishlar jarayoni, aholi bandligini taʼminlash, qishloq ahli turmush darajasini yuksaltirish mavzuidagi maqolalari uchun.
 
3. Kabulova Dilobar,
 
“Sevimli”TV “Zamon”axborot dasturi boshlovchi muharriri
 
“Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturida koʻzda tutilgan chora-tadbirlar ijrosi doirasida mamlakatda olib borilayotgan yangilanishlar jarayoniga oid koʻrsatuvlari uchun.
 
4. Mirzaaxmedov Miraziz,
 
“Yoshlar” TRK radiokanali muharrir-boshlovchisi
 
Yoshlarning ijodiy, intellektual salohiyatini namoyon etishga qaratilgan “Taym” interaktiv radioloyihasi, “Salom askar”, “Sayohat uchun 10 sabab”, “Zeriktirmaymiz” koʻngilochar radio loyihalari, “Tezkor”, “Davr” yangiliklari informatsion dasturlari uchun.
 
5. Matyoqubova Goʻzal,
 
”Xurriyat” gazetasi bosh muharrir oʻrinbosari
 
Bugungi kunning ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy masalalari, mamlakat madaniy hayotini tahliliy yoritishga bagʻishlangan , “Har qanday yangilik chop etishga loyiqdir”,“Elektron qiyofa” kabi maqolalari uchun.
 
6. Moʻminova Gulruh,
 
“Zarafshon” gazetasi muhbiri (Samarqand viloyati)
 
Dolzarb ijtimoiy-maʼnaviy mavzular, xususan, “Noxolislik bilimsizlik tovlamachilikdir”,”Internetdagi “yuz”ingizga qachon qaragansiz” kabi tanqidiy-tahliliy materiallari uchun.
 
7. Madiyarov Botir,
 
“Fargʻona haqiqati” gazetasi muxbiri
 
Viloyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan demokratik oʻzgarishlar keng va tahliliy yoritilgan materiallari hamda pandemiya sharoitidagi ijtimoiy faolligi uchun.
 
8. Nazirov Dilshodbek,
 
“Oʻzbekiston-24” TRK bosh muharriri
 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va demokratik yangilanishlar, jumladan, “Taraqqiyot formulasi”, “Islohotlar samarasi”, “Qarama qarshi” tok shoulari, “Covid-19: shaxsiy masʼuliyat va javobgarlik” nomli ilk hujjatli filmi kabi qator teleloyihalari uchun.
 
9. Olimova Umida,
 
“Mening yurtim” telekanali “Markaziy studiya” muxbiri
 
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini taʼminlash, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan tanqidiy-tahliliy koʻrsatuvlari uchun.
 
10. Primov Gʻulom,
 
Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati rahbari
 
Sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlar, jahonda avj olgan koronavirus pandemiyasiga qarshi viloyatda olib borilayotgan saʼy-harakatlardan aholi xabardorligini oshirishdagi faolligi uchun.
 
11. Poletayev Sergey,
 
“Buxoronoma” va “Buxarskiy vestnik” gazetalari fotomuxbiri
 
Viloyat hayotining turli sohalarida yuz berayotgan oʻzgarishlar mahorat bilan aks ettirilgan fotoreportajlari uchun.
 
12. Reymov Konisbay,
 
“Yerkin Qaraqalpaqstan” gazetasining oʻz muxbiri
 
Qoraqalpogʻiston hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar maqsad-vazifalari va samaralari, yuz berayotgan voqea-hodisalardan axolining xabardorligini oshirishga qaratilgan maqolalari uchun.
 
13. Saidmalikov Abdumannon,
 
“Termiz oqshomi” gazetasi bosh muharriri (Surhondaryo viloyati)
 
Viloyatdagi muhim ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy islohotlar jarayoni, millatlararo doʻstlik va bagʻrikenglikka bagʻishlangan materiallari uchun.
 
14. Safarov Ilyos,
 
“kun.uz” sayti muxbiri
 
Xalq bilan muloqot, odamlarning orzu intilishlari, ezgu orzu-istaklarini roʻyobga chiqarish, bu yoʻlda gʻov boʻlib turgan turli nuqsonlarga murosasiz, faol fuqarolik pozitsiyasi aks etgan materiallari uchun.
 
15. Taypatov Abdujalol,
 
OʻzA bosh muharrir oʻrinbosari
 
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyati hamda aholi maʼnaviyati masalalariga bagʻishlangan “Andishaning oti nima yohud maʼnaviyat haqida ayrim mulohazalar”, “Men anglagan haqiqatlar” kabi tahliliy materiallari uchun.
 
16. Teshayev Andrey,
 
“Podrobno.uz” axborot portali bosh muharriri
 
Respublikamizda demokratik islohotlarni yana-da chuqurlashtirish, millatlararo doʻstlik va totuvlikni mustahkamlash yoʻlida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar haqidagi materiallari uchun.
 
17. Ubaydullayev Nuriddin,
 
“Jamiyat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi, bosh muharrir oʻrinbosari
 
Respublikada hayotga tadbiq etilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy davlat dasturlarining amaliy ifodasi, aholi farovonligida tutgan oʻrni haqidagi turkum materiallari uchun.
 
18. Oʻtaganova Nilufar,
 
Qashqadaryo viloyat TRK muharriri
 
Viloyatda aholi salomatligini saqlash borasida olib borilayotgan islohotlar, sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga qaratilgan koʻrsatuvlari uchun.
 
19. Xusanova Sayyora,
 
“Mahalla” TRK radiokanali bosh muharrir oʻrinbosari
 
Milliy qadriyatlarimizni tiklash va asrab-avaylash, maʼnaviyatimizni mustahkamlash masalalari, madaniyat va sanʼat rivojiga ulkan hissa qoʻshgan yurtdoshlarimiz haqidagi maqolalari uchun.
 
20. Xudoyqulov Toshtemir,
 
”Oʻzbekiston ovozi” gazetasi muxbiri
 
Joylardagi ijtimoiy muammolar va fuqarolarning huquklari himoyasi, aholi faolligini oshirishga qaratilgan tanqidiy-tahliliy materiallari uchun.
 
21. Xaydarova Dilbar,
 
“Murabbiy” gazetasi bosh muharriri (Namangan viloyati)
 
Taʼlim sohasidagi islohotlar samaralariga va jismonan sogʻlom va maʼnan barkamol avlod tarbiyasiga bagʻishlangan materiallari uchun.
 
22. Shamsiyeva Manzura,
 
“Guliston” jurnali boʻlim muxarriri
 
Oʻzbekistonda madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga berilayotgan eʼtibor va uning joylardagi ijrosiga qaratilgan tahliliy materiallari uchun.
 
23. Egamov Baxodir,
 
“Qiziltepa tongi” gazetasi masʼul kotibi (Navoiy viloyati)
 
Tuman aholisi hayotining turli sohalarini keng va tahliliy yoritib kelayotgani, qishloq ahli farovonligini oshirish masalalariga bagʻishlangan maqolalari uchun.
 
24. Esonova Norbodom,
 
Jizzax viloyati TRK radio guruhi katta muharriri
 
Viloyatda oʻsib kelayotgan yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan eshittirishlari uchun.
 
25. Eshonov Rustamjon,
 
auz.uz internet nashri masʼul muharriri (Andijon viloyati)
 
Viloyatda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash, amalga oshirilayotgan yangilanishlar jarayonini tezkor va tahliliy yoritib kelayotgani uchun.
 
26. Yakubova Muxabbat,
 
“Oilaviy” telekanali bosh muharrir oʻrinbosari
 
Oilalarning iqtisodiy va maʼnaviy asoslarini mustahkamlash, yigit-qizlarni mustaqil hayotga tayyorlash hamda oilada sogʻlom turmush tarzini izchil targʻib qilishga qaratilgan “Oila minbari”, “Dialog”, “Onalik akademiyasi” kabi turkum koʻrsatuvlari uchun.
 
27. Qalandarova Maʼrifat,
 
Xorazm viloyat TRK katta muharriri
 
Xorazm xalqi tarixi, madaniyati va maʼnaviyati mavzulariga bagʻishlangan materiallari va pandemiya sharoitidagi faolligi uchun.

Manba: O'zA

Поделиться