O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tomas Bax: sport hayotni qutqarishi mumkin

2020-06-25 | Sport

TOSHKENT, 25 iyun. /«ֿDunyo» AA/. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi BMT va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda dunyoda COVID-19 bilan bog‘liq og‘ir vaziyatda odamlar salomatligini asrash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlab onlayn uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Onlayn uchrashuvda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax COVID-19ni yengib o‘tish va insoniyatni undan asrashda sportning ahamiyati haqida gapirdi.

— Sport insoniyatni, hayotimizni qutqarishi mumkin, dedi u. — Keyingi bir necha oyda salomatlik va farovonlik uchun sport hamda jismoniy faollikning muhimligini yanada teranroq angladik. BMT va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda ish olib borish orqali oldinga yana bir qadam qo‘yamiz. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi insonlarni birlashishga, salomat bo‘lishga da’vat qiladi”.

O‘z navbatida, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreisus Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidentining fikrlarini e’tirof etdi.

— Xalqaro olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz, — dedi Tedros Adxanom Gebreisus. — Olimpiyachilar COVID-19 bilan kurashishga qodir. Boshqa odamlar ham shunday matonatli bo‘lishlari uchun sog‘lom turmush tarziga amal qilishlari kerak.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться