Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi mutaxassislar tomonidan muhokama qilindi.
Unda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oliy Majlis palatalari, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, xalqaro tashkilotlar vakillari, ushbu sohadagi ilmiy hamjamiyatlarning nufuzli aʼzolari ishtirok etdi.
Seminarda qonun loyihasi davlat fuqarolik xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi yagona huquqiy hujjat yaratish maqsadida ishlab chiqilgani qayd etildi.
Davlat fuqarolik xizmatiga faoliyat samaradorligini baholash tizimini joriy etish, ushbu sohada korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan asosiy mexanizmlar va boshqa masalalariga eʼtibor qaratildi.
Seminar yakuni boʻyicha ishtirokchilarning taklif va tavsiyalari asosida qonun loyihasini yana-da takomillashtirish yuzasidan malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzildi.
Manba: O'zA