O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
IT-Parkda IT-tadbirkorlikni rivojlantirish dolzarb masalalari muhokama qilindi
2020-06-20 | Texnologiyalar
IT-Parkda biznes, davlat tashkilotlari va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv doirasida O‘zbekistonda IT-tadbirkorlikni rivojlantirish hamda startap-loyihalarga ko‘mak berish dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Biznes tomonidan bir qator mahalliy startapchilar, jamoat tashkilotlari tomonidan — BMTTDning “Startap-tashabbuslari” loyihasi, O'zbekiston Venchur Investitsiyalar Assotsiyatsiyasi vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishda, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o'rinbosari Oleg Pekos qatnashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i Olimjon Umarov ishtirok etdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi