O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buxoroda qurilayotgan Prezident maktabi mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi

2020-06-17 | Ta’lim

Mamlakatimizda ochilayotgan Prezident maktablari yangi avlod kadrlarini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur bilim dargohlari iqtidorli bolalarni saralash, zamonaviy texnologiyalar asosida oʻquvchi-yoshlarga bilim berish va tarbiyalash boʻyicha yagona tizim hisoblanadi. Eng asosiysi mazkur dargohda taʼlim oladigan yoshlarga rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha ingliz tilida saboq beriladi.

Shunday maktablarning biri Buxoro shahrida zamonaviy arxitektura qurilish talablari asosida bunyod etilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 29 yilligi xamda yangi oʻquv yili arafasida topshirilishi moʻljallanayotgan mazkur obyekt 168 oʻrinli boʻlib, ayni paytda qurilish-taʼmirlash ishlari avjida.
 
Umumiy maydoni 2 gektar boʻlgan inshootdan yotoqxona, stadion, basseyn, yopiq va ochiq sport zallari, kutubxona, bolalar dam olish joylari, chet eldan keladigan oʻqituvchilar uchun alohida mehmonxona, avtoturargoh, ota-onalar uchun kutish joyi, faollar zali joy olgan.

– Mazkur inshootning oʻziga xosligi zamonaviy texnologiyalar asosida qurilayotganidadir, – deydi obyekt dizayneri 29 yoshli Ilhom Muhammedov. – Maʼlumki Buxoroning iqlim sharoiti yozda juda ham issiq, qishda oʻta sovuq hisoblanadi. Mana shu sharoitni inobatga olgan holda, Sharq meʼmorchiligi anʼanalari asosida binoning fasad qismida chet eldan olib kelingan seromit toshidan foydalanildi. 
 
Bu qurilish mahsuloti binoning ichidagi haroratni fasllarga qarab bir xil saqlaydi. Mazkur qurilish materiali joriy yildan boshlab viloyatning barcha qurilish obyektlarida ishlatiladi. Ilgari bu qurilish mahsulotidan foydalanilmagan. Obyektning ichki qismida yongʻinga qarshi materiallar ishlatilgan. Maktabda maxsus interaktiv jihozlar, noutbuklar, oʻquv qurollari va elektron doskalar oʻrnatilmoqda.

Quvonarlisi, qurilish ishlarida buxorolik 100 nafar yoshlar mehnat qilmoqda.
 

 

Zarif Komilov, Tohir Istatov(surat)

Manba: O'zA

Поделиться