O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

BMT va O‘zbekiston hamkorlik masalalari muhokama qilindi

2020-06-16 | Siyosat

Bugun, 16-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Helena Freyzer bilan uchrashdi. 

Unda yaqinda imzolangan BMT va uning ixtisoslashtirilgan institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish Harakatlar rejasi (Yo‘l xaritasi) doirasida o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Harakatlar rejasi barcha, ayniqsa, jamiyatning eng zaif va ehtiyojmand qatlamlari uchun inson salohiyatini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida milliy, mintaqaviy va global darajalarda BMT tizimi bilan hamkorlik munosabatlarini chuqurlashtirish hamda mustahkamlashga qaratilgan.

O‘zbekiston BMTning to‘laqonli a’zosi, shuningdek, 2015-yil sentyabrda BMTga a’zo barcha 193 ta davlat tomonidan qabul qilingan 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror taraqqiyot sohasidagi kun tartibini imzolagan tomon sifatida xavfsiz va sog‘lom sayyorada barcha odamlar uchun tenglik, taraqqiyot, qadr-qimmat va adolat hukm suradigan tinchlikka intilish bo‘yicha global majburiyatni o‘z zimmasiga oladi.

Ta’kidlash lozimki, yuqoridagi majburiyatlar 2017-yil fevralda qabul qilingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida to‘liq mustahkamlangan.

– Ma’lumki, joriy yilda BMTning 75 yilligi nishonlanadi, – dedi Senat Raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyev. – O‘tgan vaqt mobaynida insoniyatning rivojga yetishi, jahon urushlari kuzatilmasligida BMT muhim rol o‘ynaydi. Shu jihatdan Prezidentimiz O‘zbekistonning BMT va uning ixtisoslashgan institutlari bilan har tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish, uni sifat nuqtayi nazaridan yangi bosqichga olib chiqish borasida berilgan topshiriqlari asosida Yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. U 17 ta yo‘nalishni o‘z  ichiga qamrab oladi, ya’ni davlatimiz rahbarining tashqi siyosiy tashabbuslari, barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan takliflarini ilgari surish va ularni amalga oshirish bo‘yicha xatti-harakatlar, qolaversa, bugungi kunda dunyoda global vaziyatda iqtisodiy barqaror rivojlanishni ta’minlash va unga erishishga qaratilgan fikr-mulohazalar o‘rin olgan. Bundan tashqari, BMTning institutlari bilan birgalikda sog‘liqni saqlash, ta’lim-tarbiya, madaniyat, turizm kabi sohalarda yangi dasturlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Sodda qilib aytganda, mazkur Yo‘l xaritasi O‘zbekistonning BMT bilan hamkorligini yangi pog‘onaga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Uchrashuvda qayd etilganidek, BMTning yubiley yilida ko‘p tomonlama yondashuvga sodiqligi belgisi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ushbu Harakatlar rejasini qabul qiladi.

 Ushbu hujjat O‘zbekiston hukumati bilan doimiy hamkorligimizni yanada kuchaytiradi, deb o‘ylayman va belgilangan maqsadlarni amalga oshirishda, biz barcha kuchlarimizni safarbar etamiz, – dedi BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Helena Freyzer.  O‘zbekiston hukumati va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi o‘rtasidagi Yo‘l xaritasi iyun oyida imzolangani ramziy ma’noga ega. Boisi, aynan 75 yil avval, 26-iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi imzolangan.

Shuningdek, uchrashuvda yo‘l xaritasini birgalikda bajarish, uning mexanizmlarini ishlab chiqish muhokama qilindi. Xususan, bir oyda bir marotaba BMT vakillari va O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari bilan Yo‘l xaritasini bajarish bo‘yicha monitoring yuritilishi, bu borada OAV, fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda jamoatchilik nazoratini ham olib borishga kelishib olindi.

Поделиться