O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Eksport va qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish yoʻlida

2020-06-12 | Siyosat

Prezident Olmazor tumanida “Next Generation Product” qoʻshma korxonasi faoliyati bilan ham tanishdi.

Bu yerda “Royal” savdo belgisi ostida yiliga 460 ming dona elektr va quyosh energiyasi asosida ishlovchi suv isitish uskunasi, Germaniyaning “Viessmann” brendi ostida 75 ming dona suv isitish qozoni ishlab chiqariladi. Korxonada jami 530 kishi ish oʻrni bilan taʼminlangan.

Mahsulotlar Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afgʻonistonga eksport qilinmoqda.

Pandemiya sharoitiga qaramay korxonada ishlab chiqarish surʼati pasaygani yoʻq. Yanvar-may oylarida 1,8 million dollarlik eksport amalga oshirildi. Yil yakunigacha koʻrsatkichni 7 million dollarga yetkazish moʻljallangan.

Davlatimiz rahbariga shu yerda istiqboldagi loyihalar haqida ham maʼlumot berildi. Prezident mahsulotlar turini koʻpaytirib, qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Manba: O'zA

Поделиться