O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev: Ilmli odamlar – mamlakatimizning oltin fondi

2020-06-12 | Siyosat

Bundan bir yil oldin, 2019-yil 24-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Milliy universitetida oliy taʼlim va ilm-fan namoyandalari bilan uchrashgan edi. Olim va pedagoglarning ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash masalalariga alohida eʼtibor qaratib, ular uchun koʻp qavatli uylar qurish boʻyicha koʻrsatmalar bergandi.

Shunga muvofiq, Toshkentdagi Talabalar shaharchasi hududida 6 ta 9 qavatli turar joy bunyod etildi. 216 ta xonadon jihozlangan holda foydalanishga topshirildi. Devorlari energiya tejovchi materiallar bilan qoplangan. Xonadonlarga alohida isitish moslamalari oʻrnatilgan. Hovlilarida bolalar va sport maydonchalari, avtoturargohlar tashkil etilgan.

Davlatimiz rahbari bugun mazkur uylarda yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi, xonadon egalari bilan suhbatlashdi.

- Sizlarni, sizlar orqali bu yerda yashaydigan barcha oilalarni tabriklayman, mana shu shinam, zamonaviy uylar muborak boʻlsin! Oʻzim ham qishloqdan kelib, 15 yil ijarada yashagan odam sifatida bu narsaning qadrini juda yaxshi his qilaman. Biz olim va pedagoglardan natija kutardigu, sharoitini soʻramasdik. Sizlarni ham rozi qiladigan vaqt-soat keldi. Ilmli odamlar – mamlakatimizning oltin fondi. Ularning qoʻlida kelajagimiz boʻlgan bolalarimiz tarbiyalanadi. Oʻqituvchilar uyli boʻlib, oilasidan koʻngli toʻq boʻlsa, kasbiga mehr bilan, Vatanga sadoqat bilan ishlaydi. Bu uylar sizlarga buyursin, shu yerda toʻylar qilinglar. Farzandlaringiz, nevaralaringiz ota-onam ilmni tanlab kam boʻlmadi, deb yursin, – deya ezgu niyatlar bildirdi Prezident.

Manba: O'zA

Поделиться