O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bola huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
2020-06-01 | Hujjatlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yana-da takomillashtirish, bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash va ushbu sohadagi xalqaro majburiyatlarni bajarishning taʼsirchan tizimini yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-apreldagi “Bola huquqlari kafolatlarini yana-da kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–4296-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari – Bola huquqlari boʻyicha vakil lavozimi joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Bola huquqlari boʻyicha vakilning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasini bajarish strategiyasini va bola huquqlari masalalari boʻyicha boshqa hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;
bolalar va ularning qonuniy vakillari orasida bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tushuntirish, bola huquqlari va Bola huquqlari boʻyicha vakil faoliyati haqidagi xalqaro hamda milliy normalar qoidalarini targʻib qilish;
aholi oʻrtasida bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari masalalari boʻyicha huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga koʻmaklashish;
jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, bolalar hamda ular qonuniy vakillarining bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi toʻgʻrisidagi murojaatlarini koʻrib chiqish orqali bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini taʼminlash;
bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining ijrosini oʻrganish;
oʻz vakolati doirasida bola huquqlari va erkinliklari xalqaro standartlarini qonun hujjatlariga tatbiq etishni hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatida bola huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish;
bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish holatidan jamoatchilikni xabardor qilish;
imkoniyati cheklangan bolalar, shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar tarbiya muassasalarini tamomlagandan keyin ularning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish;
tarbiya muassasalarini tamomlagan uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning maqsadli kommunal uy-joy fondidagi belgilangan sanitariya va texnik meʼyorlarga hamda qonun hujjatlarining boshqa talablariga javob beradigan turar joy bilan taʼminlanishiga koʻmaklashish;
bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga koʻmaklashish, bunda bolaning eng ustun manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan normalarni qabul qilish, shu jumladan, bola huquqlari va erkinliklari masalalari boʻyicha xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
maslahat, tavsiya va xulosalar berish orqali davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish sohasidagi faoliyatini takomillashtirishga koʻmaklashish;
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Bola huquqlari boʻyicha vakil (keyingi oʻrinlarda – Vakil) oʻz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga tobe boʻlmagan tarzda bajaradi;
Vakil daxlsizlik huquqidan foydalanadi va u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoga tortilishi mumkin emas;
Vakilga nisbatan jinoyat ishi faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin;
Vakilni majburiy keltirishga, ushlab turishga, shuningdek, uning shaxsiy buyumlari, yuki, transporti, turar joyi va xizmat xonasini koʻzdan kechirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Vakilning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Vakil har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan rioya qilinishi holati haqida maʼruza taqdim etadi;
bola huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning ayrim jihatlariga eʼtiborni kuchaytirish zarur boʻlganda Vakil Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Vazirlar Mahkamasiga huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlar koʻrishga qaratilgan maxsus maʼruzalar taqdim etishi mumkin;
Vakil Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻzining jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi mintaqaviy vakillariga ega boʻladi;
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda Vakil bilan kelishiladi.
4. Vakilga oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlar berilsin:
davlat organlari va tashkilotlaridan oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan statistik, tahliliy va boshqa axborot va materiallar soʻrab olish;
davlat organlarining maʼlumotlar bazalaridan belgilangan tartibda foydalanish;
bola huquqlari, erkinliklari va manfaatlari buzilgan holatlar haqidagi xabarlarni vakolatli davlat organlari, mansabdor shaxslar va nodavlat tashkilotlar vakillari bilan birgalikda tekshirish;
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi koʻrib chiqishi uchun qonunga muvofiq masalalar kiritish;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlislarida ishtirok etish va sud tomonidan koʻrib chiqilayotgan barcha masalalar yuzasidan oʻz nuqtayi nazarini bayon etish;
bola huquqlari sohasidagi vaziyatni monitoring qilish va murojaatlar koʻrib chiqish doirasida davlat organlari va tashkilotlar rahbarlariga bola huquqlari sohasidagi qonun hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
harakatlarida bola huquqlari va erkinliklari buzilganligi aniqlangan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida tegishli organlarga iltimosnoma bilan kirish;
qonunda nazarda tutilgan hollarda bolaning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi arizalar va daʼvolar bilan sudlarga murojaat qilish;
bolaning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda tiklash maqsadida sud jarayonlarida qonunda belgilangan hollar va shakllarda shaxsan yoki oʻz vakili orqali ishtirok etish;
aholi oʻrtasida bola huquqlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha soʻrovnomalar oʻtkazish, shuningdek, bola huquqlari amalga oshirilishi toʻgʻrisida statistik maʼlumotlar yigʻish va maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
bola huquqlari masalalari boʻyicha oʻquv dasturlari tayyorlashda ishtirok etish, uning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning dolzarb jihatlari yuzasidan oʻquv-seminarlar va treninglar tashkil qilish;
bola huquqlarini himoya qilishga doir ekspert va ilmiy-tahliliy ishlarni amalga oshirish uchun ilmiy va boshqa tashkilotlarni, shuningdek, olimlar va mutaxassislarni belgilangan tartibda, shu jumladan, shartnoma asosida jalb qilish;
bolalar haqida gʻamxoʻrlik qilish va ularni himoya qilish uchun masʼul boʻlgan muassasalar, xizmatlar, organlarga, shu jumladan, taʼlim, tibbiyot muassasalari, qamoqda saqlash joylari va jazoni ijro etish muassasalariga muntazam ravishda va moneliksiz kirish;
Oʻzbekiston fuqarosi hisoblangan va xorijiy davlat hududida boʻlgan bolaning huquqlarini himoya qilish uchun oʻzaro huquqiy yordam toʻgʻrisidagi kelishuvlarga va boshqa shartnomalarga muvofiq boshqa davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi, sud organlariga va ombudsmanlariga soʻrovnomalar yuborish;
oʻz vakolatlari doirasida xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar oʻrnatish, ularning aʼzoligiga kirish, shuningdek, boshqa davlatlar ombudsmanlari bilan hamkorlik qilish;
inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro anglashuv va hamkorlik toʻgʻrisida memorandum, kelishuvlar tuzish, qoʻshma dasturlar va loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, bola huquqlari masalalari yuzasidan xalqaro forumlarda muntazam ravishda ishtirok etish.
5. Bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini monitoring qilish maqsadida Vakil huzurida Bola huquqlarini himoya qilish boʻyicha jamoatchilik kengashi (keyingi oʻrinlarda – Kengash) tashkil etilsin.
Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy etishga koʻmaklashish;
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash va himoya qilish sohasida davlat organlari, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimidagi davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash holati hamda Vakil faoliyati yuzasidan jamoatchilikni xabardor qilish.
Belgilab qoʻyilsinki, Kengash tarkibiga obroʻ-eʼtiborli fuqarolar, olimlar, ekspertlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari kiritiladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda uch oy muddatda bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni yana-da kuchaytirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish tavsiya etilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:
xalqaro tajribani inobatga olgan holda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonunga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlarni kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlash;
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) hamda Vakilni davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadigan jismoniy va yuridik shaxslarning qatʼiy roʻyxatiga qoʻshish boʻyicha oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini belgilangan tartibda kiritish tavsiya etilsin.
8. Vakil 2020-yil 1-noyabrga qadar bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi holatni tanqidiy oʻrganish asosida mavjud muammolarni hal etish va sohani takomillashtirish boʻyicha takliflarni kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyatini zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan alohida bino (xonalar) bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyati Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari hamda rasmiy statistik toʻplamlari, shu jumladan, ularning elektron shakllari majburiy ravishda yuboriladigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV
Toshkent shahri,
2020-yil 29-may
Toshkent shahri,
2020-yil 29-may