O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

2020-05-17 | Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qozogʻiston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻlik, farovonlik va yangi zafarlar, qardosh Qozogʻiston xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi.
 
Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek koronavirus infeksiyasi tarqalishining ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha yoʻlga qoʻyilgan samarali hamkorlik va amalga oshirilayotgan ishlar alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
 
Prezidentlar yangi xatarlar va umumiy tahdidlarni yengib oʻtish uchun yaqin hamkorlikni davom ettirish muhim ekanini taʼkidladidar.
 
Oʻzbekiston-Qozogʻiston munosabatlarining dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
 
Muloqotning institutsional mexanizmlarini hamda oʻzaro savdo va investitsiyalar koʻrsatkichlarini oshirishga qaratilgan birgalikdagi saʼy-harakatlarni faollashtirish, sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport va logistika sohalari, boshqa ustuvor tarmoqlarda istiqbol yoʻnalish va loyihalarni ilgari surish zarurligi alohida taʼkidlandi.
 
Xalqaro siyosatga oid qator masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
 
Muloqot yakunida Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi Prezidentlari qardosh mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlashda qatʼiy ekanliklarini tasdiqladilar.
 
Suhbat har doimgidek samimiy va doʻstona ruhda oʻtdi.

Manba: O'zA

Поделиться