O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

RASMIY BAYONOT: Oʻzbekistonda koronavirusdan davolanayotgan 505 bemordan 8 nafarining ahvoli ogʻir

2020-05-15 | Sog‘liqni saqlash

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov:

– Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus kasalligi bilan 2652 bemor roʻyxatga olingan. Sogʻliqni saqlash vazirligidan olingan maʼlumotga koʻra, oxirgi bir kunni oʻzida yana 60 bemor tuzalgan va reabilitatsiya markazlariga oʻtkazilgan. Shunday qilib, jami 2136 nafar yaʼni 80 foiz bemor toʻliq sogʻaygan. Ahamiyat bergan boʻlsangiz dunyo boʻyicha ushbu kasallikdan sogʻayish darajasi 37 foizdan bir muncha ortiqroq. Bizdagi ijobiy oʻzgarishlar, albatta, barchamizni quvontiradi. Shifoxonalarda davolanayotgan 505 bemordan 8 nafarining ahvoli ogʻir, deb baholanyapti.
 
Karantin tadbirlari davom etyapti. 46 mingdan koʻproq fuqaro karantin muddatlarini oʻtayapti. Oxirgi bir kunni oʻzida 14 ming 700 dan, jami 460 mingdan koʻproq holatda laboratoriya tekshiruvlari oʻtkazilgan.
 
Hurmatli yurtdoshlar!
 
Respublika komissiyasi tomonidan karantin muddati 1-iyunga qadar uzaytirilganidan xabar topdingiz. Karantin tadbirlari yumshatilgan boʻlishiga qaramasdan biz unga rioya etishimiz kerak. Qachonki karantin tadbirlariga rioya etsakkina, vaziyatni barqaror ushlab qolishimiz mumkin boʻladi. Ortiqcha muloqotlar, ortiqcha ehtiyotsizlik yana kasallik avj olishiga sabab boʻlishi mumkin. Buni hech qachon yoddan chiqarmang.

Поделиться