08:23:52 (GMT+5)    30.12.2024

O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
YanvarFevralМарт
AprelMayIyun
IyulAvgustSentabr
OktabrNoyabrDekabr
Kalendar

Voqealar

Dekabr 2024
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     
Portalda yangilik
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>

RASMIY BAYONOT: Koronavirusdan davolanayotgan 562 bemordan 6 nafarining ahvoli ogʻir

2020-05-11 | Sog‘liqni saqlash

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov:

– Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar soni 2453 nafarga yetdi. Bemorlarni davolashda samaradorlik kuzatilyapti. 10-may kuni 35 fuqaro toʻliq sogʻayib, reabilitatsiya markazlariga oʻtkazildi. Shu tariqa 1881 nafar, yaʼni 78 foiz bemor toʻliq sogʻaygan. Sogʻliqni saqlash vazirligidan olingan maʼlumotga koʻra, shifoxonalarda davolanayotgan 562 bemordan 6 nafarining ahvoli ogʻir.
 
Shu oʻrinda maʼlumot uchun aytish joiz, koronavirus infeksiyasi qoʻshni mamlakatlarda ham saqlanib turibdi. Xususan, Qozogʻistonda 5090, Qirgʻizistonda 1002, Tojikistonda 612 fuqaro ushbu kasallikka chalingan.
 
Hurmatli yurtdoshlar!
 
Shularni inobatga olib, barchamiz hushyor boʻlishimiz kerak. Eslatib oʻtamiz Oʻzbekistonda karantin tadbirlari davom etyapti. Karantin tadbirlarini bosqichma-bosqich yumshatish maqsadida hududlar “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga boʻlindi. Bu shunchaki boʻlinish, xolos. Lekin hech kim qaysidir hududda kasallik chiqmasligiga kafolat bera olmaydi. Shunday ekan, har birimiz oʻta sinchkov boʻlaylik!
 
Ahamiyat bergan boʻlsangiz keyingi ikki kun ichida koronavirus kasalligi bilan yangidan roʻyxatga olingan bemorlar soni yana ortdi. Barchamiz kasallikning ikkinchi toʻlqiniga duch kelmaslik haqida qaygʻurishimiz zarur.

Поделиться