O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

RASMIY BAYONOT: Oʻzbekistonda koronavirusdan davolanayotgan 531 bemor qolmoqda, 7 nafarining ahvoli ogʻir

2020-05-10 | Sog‘liqni saqlash

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov:

– Jon Xopkins universiteti (AQSH) maʼlumotiga koʻra,187 davlatda 4 million 100 mingdan ortiq holatda koronavirus kasalligi qayd etilgan. 1 million 441 mingdan ziyod fuqaro sogʻaygan, 280 mingdan koʻp bemor vafot etgan. Kasallanish koʻrsatkichi AQSHda yuqori darajada saqlanib turibdi. Oxirgi bir kunda bu mamlakatda 25 mingdan ziyod fuqaro koronavirus bilan roʻyxatga olingan boʻlib, umumiy kasallanganlar soni 1 million 347 mingdan ziyodni tashkil etmoqda. Rossiyada virusga chalinganlar soni 198 mingdan ortib ketdi.
 
Markaziy Osiyoda Qozogʻiston yetakchilik qilmoqda. Bu mamlakatda koronavirus yuqtirgan bemorlar soni 4975 nafarga yetdi, Qirgʻizistonda 931, Tojikistonda 612 nafarni tashkil etmoqda.
 
Oʻzbekistonda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus bilan 2387 fuqaro roʻyxatga olingan. Kasallanganlarni davolashda ijobiy natijalar qayd etilyapti. 9-may kuni yana 71 fuqaro toʻliq sogʻaygan va reabilitatsiya markazlariga oʻtkazilgan. Ayni paytga qadar 1846 nafar, yaʼni 79 foiz bemor toʻliq sogʻaygan. Sogʻliqni saqlash vazirligi taqdim etgan maʼlumotga koʻra, shifoxonalarda davolanayotgan 531 bemordan 7 nafarining ahvoli ogʻir, 5 nafarida ijobiy oʻzgarishlar kuzatilyapti.
 
Hurmatli yurtdoshlar!
 
Hozirgi vaqtda 42 mingdan ortiqroq fuqaro karantinda boʻlib turibdi. Ular orasida kasallik yoʻqligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Shunday ekan, har birimiz karantin tadbirlariga rioya etishimiz kerak. Oilamizni, oʻzimizni kasallikka chalinishdan ehtiyot qiladigan boʻlsak, butun jamiyatni xavfdan saqlagan boʻlamiz. Karantin tadbirlariga toʻliq rioya eting va hech qanday koʻrsatma boʻlmagunicha oʻzboshimchalikka yoʻl qoʻymang!

Поделиться