O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident karantin qoidalariga toʻliq amal qilish kerakligini taʼkidladi

2020-05-07 | Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-may kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi boshida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarga alohida toʻxtalib oʻtdi.

– Oxirgi paytda dunyoda har kuni 90-100 ming nafar inson bu virusni yuqtirib olmoqda, – dedi davlatimiz rahbari. – Bugunga kelib, unga chalinganlarning umumiy soni qariyb 4 millionga yetdi. Ming afsuski, ularning 265 ming nafari olamdan oʻtdi.

Oʻzbekistonda kasallikka chalinganlar soni 2 ming 269 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 1 ming 624 nafari yoki 72 foizi sogʻaydi. Ayni paytda shifoxonalarda 635 nafar bemor davolanmoqda. Xorijdan qaytgan va bemorlar bilan muloqotda boʻlgan 45 ming fuqaromiz karantinga olingan.

Biz juda katta kuch sarflab, koʻp saʼy-harakatlar, xalqimizning koʻmagi va chuqur tushunishi, sabr-toqati bilan Oʻzbekistonda bu ofatni jilovlab turibmiz. Lekin baribir juda ham ziyraklik va ehtiyotkorlik bilan, karantin qoidalariga toʻliq amal qilishimiz shart. Bu xavf butun dunyoda butunlay bartaraf etilmas ekan, xotirjamlikka berilishga aslo haqimiz yoʻq.

Respublikamizda epidemiologik vaziyat barqarorlashganidan foydalanib, virusdan xoli hududlarda iqtisodiyotni yurgʻizib yuborish va odamlarni daromad bilan taʼminlash maqsadida karantin talablarini asta-sekin yumshata boshladik. Bunda biz aholining karantindagi turmush sharoitini yaxshilash uchun ularning koʻplab murojaatlarini ham inobatga oldik.

Oʻtgan selektorda berilgan topshiriqqa muvofiq, Respublika komissiyasi tomonidan 8-maydan boshlab, infeksiya aniqlanmagan yoki bemorlar toʻliq sogʻaygan Navoiy, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari “yashil”, oxirgi 14 kunda virus aniqlanmagan, lekin davolanayotgan bemorlar boʻlgan Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri “sariq”, doimiy ravishda infeksiya aniqlanayotgani uchun boshqa hududlarning barchasi “qizil” toifali hudud deb eʼlon qilindi.

Shuningdek, mintaqalarning toifasiga qarab, ruxsat etiladigan xizmat turlari ham aniq va tushunarli qilib belgilab berildi. Albatta, “yashil” hududlarda koʻproq, “sariq”da kamroq, “qizil”da cheklangan sondagi xizmatlar koʻrsatiladi.

Takror va takror aytaman, jahonda, ayniqsa biz yaqin hamkorlik qiladigan davlatlarda pandemiya tobora kuchayib borayotganini, bu holat bizga ham katta xavf solishi mumkinligini aslo unutmasligimiz kerak. Shu sababli barchamizdan hushyorlikni yana-da oshirish talab etiladi. Bu borada, faoliyatini umuman toʻxtatmagan korxonalarda ham, oʻz ishini qaytadan boshlashga ruxsat berilgan sohalarda ham virusga qarshi kurashish boʻyicha cheklovlar soʻzsiz bajarilishi kerak.

Yana bir bor takrorlayman, har birimiz karantin va sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilib, oʻzimiz, yaqinlarimiz va xalqimizning sogʻligʻini himoya qilish uchun masʼul ekanimizni unutmasligimiz zarur va shart.

Shu bilan birga, “sariq” va “qizil” toifadagi viloyatlarda kasallik umuman aniqlanmagan tumanlar ham borligini inobatga olish lozim. Xuddi shunday, ertaga “yashil” viloyatdagi biror bir tumanda kasallik aniqlanadigan boʻlsa, butun viloyatning toifasini oʻzgartirish shart emas, – dedi Prezidentimiz.

Respublika komissiyasiga hududlarni toifaga ajratishni tuman va shaharlar darajasida belgilash boʻyicha topshiriq berildi.

Поделиться