O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Respublika komissiyasidan maʼlumot

2020-04-25 | Sog‘liqni saqlash

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoуеvning topshiriqlariga asosan koronavirus epidemiyasi sharoitida mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari barqaror ishlashini taminlash hamda fuqarolarning daromadlari pasayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik borasida Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan yoki epidemiologik vaziyat yaxshilangan hududlarda karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish hamda iqtisodiyotning muayyan yoʻnalishlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining oʻz ishini davom ettirishiga ruxsat etilgan edi.

Respublika hududida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish, sanoat, infratuzilma, transport va logistika subyektlarining barqaror faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan epidemiya sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashini taʼminlash, aholi oʻrtasida ishsizlik oshib ketishining oldini olish hamda byudjet tushumlarini taʼminlash uchun iqtisodiyotning qator yoʻnalishlari faoliyatiga ruxsat berilmoqda.

Xususan, qurilish materiallari bozorlari, shu jumladan, qurilish materiallarining chakana va ulgurji savdosi faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga (maydoni 500 kv.m dan kam boʻlmagan);

yirik ishlab chiqaruvchi subyektlarning oʻz mahsulotlarini sotishga moʻljallangan hududlardagi tarmoq doʻkon (magazin)lariga (sanitar normasi 10 kv.m ga 1 nafar xaridor tartibi asosida);

hunarmand va ustalarga – ular tomonidan yasalgan buyumlarni bozor rastalaridan tashqari alohida joylashgan joyda (doʻkon) sotish faoliyatiga;

urugʻ va koʻchat yetishtirish hamda ularni sotish faoliyati bilan shugʻullanadigan tadbirkorlik subyektlariga (mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar);

tijorat banklarining obyektlardagi shahobchalariga (kassalari);

avtomobillarga ehtiyot qismlar sotish faoliyati bilan shugʻullanadigan tadbirkorlik subyektlariga (mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar);

avtomobillar, qishloq xoʻjaligi va qurilish texnikalariga servis xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga – 1000 kv.m dan kam boʻlmagan maydonga ega subyektlar, shuningdek, vulkanizatsiya xizmatlari koʻrsatuvchi subyektlarga;

kimyoviy tozalash bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga;

notarial idoralar va sugʻurta kompaniyalarini faoliyat yuritishiga;

toʻxtab qolgan investitsiya loyihalari va ijtimoiy soha obyektlarini qurish ishlarini davom ettirishiga ijozat berilgani shular jumlasidan.

Qayd etish lozimki, Koronavirus epidemiyasi sharoitida ushbu korxona va tashkilotlarni, savdo va xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni faoliyat yuritishi hamda qator obyektlarda qurilish ishlarini davom ettirish sanitariya-epidemologiya talablari asosida belgilangan.

Ushbu talablar bilan quyidagi keltirilgan xujjatda tanishish mumkin:

 

 

Mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha korxona va tashkilotlarda
COVID-19 kirib kelishining oldini olish va tarqalib ketishiga 
yoʻl qoʻymaslik yuzasidan

 

TALABLAR

Korxona yoki tashkilot, qurilish obyekti ochiq zonada joylashgan boʻlsa, albatta atrofini toʻliq oʻrash, begonalar kirishini qatʼiyan man qilish;

korxona va tashkilotlarga begona shaxslar kirishining oldini olish va xavfsizligini taʼminlash maqsadida qoʻriqlash va boshqa xizmat turlaridan foydalanish;

xodimlarni har kuni ishxonadakamida 2 marotaba – ish boshlanishidan avval va ishdan keyin “filtr”dan oʻtkazish, tana haroratini oʻlchash, tana harorati yuqori boʻlgan yoki kasallik alomatlari boʻlgan xodimlar aniqlanganda albatta ishdan chetlashtirish;

tana harorati yuqori boʻlgan yoki kasallik alomatlari (quruq yoʻtal, xolsizlik, yuqori harorat, hid sezish qobilyatining pasayishi) boʻlgan xodimlarni alohidalashtirish uchun tibbiy punktda izolyator tashkil etish;

ish kuni boshida yoki yakunida barcha xonalarni dezinfeksiyalovchi vositalar bilan zararsizlantirish, shuningdek, kvars lampalar bilan ishlov oʻtkazish, albatta kun davomida kamida ikki marotaba xonalarni shamollatish;

korxonalarda barcha xodimlar uchun qulay boʻlgan joylarga qoʻllarini dezinfeksiyalovchi vositalar bilan zararsizlantirish uchun yetarli darajada zararsizlantiruvchi uskunalar oʻrnatish;

har kuni jamoat uchun umumiy boʻlgan xonalarni (ovqatlanish, dam olish xonalari, xojatxona) zararsizlantiruvchi vositalar bilan zararsizlantirish ishlarini oʻtkazish;

har 2-4 soatda barcha tashqi muhit obyektlarini (eshik tutqichlari, vklyuchatel, zina tutqichlari, stol, stullar, tashkiliy texnika) zararsizlantirish uchun yetarli darajada zararsizlantiruvchi uskunalar oʻrnatish;

yuvuvchi va zararsizlantiruvchi moddalar, shaxsiy himoya vositasining (niqob va rezina qoʻlqop) 5 kunlik zaxirasini yaratish, tibbiy niqoblarni kamida har 2-3 soatda almashtirish;

xodimlarning ish joyida bir-biridan kamida 2 metr masofada muloqot qilishlarini nazorat qilish;

barcha xodimlarni toʻliq shaxsiy himoya vositasida (tibbiy niqob va rezina qoʻlqop) faoliyat koʻrsatishini muntazam nazorat qilish, shaxsiy himoya vositalarini ishlatilgandan soʻng markazlashgan holda yigʻish va ularni utilizatsiya qilish;

baʼzi korxonalar xodimlari oʻrtasida yuqori nafas yoʻllari kasalliklarining oldini olish va maksimal darajada muloqotni kamaytirish maqsadida onlayn tarzida ish faoliyatini tashkil etish;

xodimlarning ovqatlanishi uchun alohida xona tashkil etish, ish joyida ovqatlanishni taqiqlash, ularning qoʻl yuvish uchun zararsizlantiruvchi uskunalar bilan taʼminlash;

xodimlarga karantin vaqtida qulaylik yaratish va ularning erkin holda koʻchada yurishlarini oldini olish va foydali ish soatlarini oshirish maqsadida markazlashgan xolda ovqat yetkazib berilishini taʼminlash;

xodimlarni yotoqxonalar bilan taʼminlash, barcha xodimlar ish joyi va yotoqxonalari oʻrtasida piyoda yurishlarini taqiqlash, ularni transport vositalari bilan taʼminlash;

jamoa yigʻilish xonalaridan (chekish xonasi, maʼnaviyat va maʼrifat xonasi, oshxona, majlislar xonasi) foydalanishda cheklov choralarini koʻrish;

agarda korxona va tashkilotda biror nafar xodimda quruq yoʻtal, isitma, holsizlik va shunga oʻxshash klinik belgilar paydo boʻlsa, zudlik bilan “103” raqamli tez yordamga murojaat qilish.

 

Mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha savdo korxonalarida 
COVID-19 kirib kelishining oldini olish va tarqalib ketishiga 
yoʻl qoʻymaslik yuzasidan

 

TALABLAR

 

1. Tashrif buyuruvchilar uchun:

savdo nuqtasi va unga tutash hududlarda xavfsizlikni taʼminlash va xaridorlar orasidagi ijtimoiy masofaning saqlanishiga rioya qilinishini taʼminlash maqsadida qoʻriqlash va boshqa xizmat turlaridan foydalanish;

savdo nuqtasiga kiruvchi har bir shaxsning tana haroratini masofadan turib oʻlchashni tashkil etish. Tana harorati yuqori boʻlgan fuqaro aniqlansa, savdo markaziga kiritmaslik va “103” telefon raqami orqali tibbiyot xodimlarini chaqirtirish;

savdo nuqtasiga kirish joyida dezinfeksiyalovchi vosita bilan toʻyintirilgan maxsus gilamcha (dezinfeksiyalash toʻsigʻi)ni 1 smenada eng kamida 1 marotaba almashtirib turish;

yirik savdo markazlarida (maydoni 500 m2 dan katta) tashrif buyuruvchi odamlarning ust-boshidan antiseptik bilan purkash yoʻli bilan dezinfeksiyalash uchun maxsus oʻtish joylarini oʻrnatish;

savdo doʻkonlariga kirish joyida teri uchun maxsus antiseptiklar (shu jumladan, oʻrnatilgan dozatorlar yordamida) bilan qoʻlni zararsizlantirish joylarini tashkil qilish;

har bir xaridor orasida 2 metrdan kam boʻlmagan ijtimoiy masofaning saqlanishini taʼminlash.

2. Savdo nuqtasi xodimlari uchun:

shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash, yuqori nafas yoʻllari infeksiyalari kasalliklari belgilari (tana haroratining yuqoriligi, yoʻtal, tumov) boʻlgan xodimlar ishga qoʻyilmasligini taʼminlash;

xodimlarni 1 marotabalik yuz niqoblari bilan yetarli darajada taʼminlash (yuz niqobini tugash muddati va ish vaqtining davomiyligiga qarab kamida 3 soatda 1 dona);

xaridorlar bilan ishlovchi har bir xodimni eng kamida 5 dona yuz niqobi, antiseptik salfetkalar, qoʻlqop, teri va qoʻlni zararsizlantiruvchi (roʻyxatga olingan va qoʻllash uchun qarshi koʻrsatmasi boʻlmagan) antiseptiklar bilan taʼminlash;

xodimlarning ovqatlanish va dam olish vaqtlarida toʻplanishlarini cheklash, ish joyida ovqatlanishni taqiqlash, ular uchun bir marotabalik idishlardan foydalangan holda karantin vaqtida qulaylik yaratish va ularni erkin holda koʻchada yurishlarining oldini olish va foydali ish soatlarini oshirish maqsadida markazlashgan holda ovqat yetkazib berilishini taʼminlash;

har 2-4 soatdabarcha tashqi muhit obyektlarini (eshik tutqichlari, vklyuchatel, perila, stol, stullar, tashkiliy texnika, aravachalar tutqichlari)zararsizlantirish uchun yetarli darajada zararsizlantiruvchi uskunalar oʻrnatish;

xodimlarni har bir ovqatlanish oldidan, ishdan soʻng qoʻllarini maxsus zararsizlantiruvchi vositalar bilan yuvish, profilaktik chora-tadbirlarga, shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga amal qilish zarurligi toʻgʻrisida muntazam xabardor qilib borish;

ishlatilgan shaxsiy himoya vositalarini maxsus idishlarda alohida ajratilgan yigʻish va ularning utilizatsiya qilinishini taʼminlash.

Izoh. Korxona va tashkilot rahbarlari qoʻl ostida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning sogʻligi uchun masʼul ekanliklari yana bir bor eslatib oʻtilishi maqsadga muvofiqdir.

Поделиться