Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi va apparati tarkibiy boʻlinmalari hamda shtat jadvali yangidan tasdiqlangani munosabati bilan hukumatda bir qator masʼul xodimlar lavozimlarga tayinlandi.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra;
Erkin Erkamovich Rustamov — Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, bank-moliya tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qiskartirish masalalari kotibiyati mudirining birinchi oʻrinbosari;
Sherzod Abdurasulovich Karimov — Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati mudirining oʻrinbosari etib tayinlandi.