O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident Xalq qabulxonalari elning birdamligi va hamjixatligiga xizmat qilmoqda

2020-04-17 | Jamiyat

Mamlakatimiz rahbarining “Odamlarimiz isloxotlar samarasini kelajakda emas, balki bugun oʻz hayotida his etishlari zarur”, degan hayotbaxsh gʻoyasi bugungi sinovli kunlarda ham oʻzinitoʻliq oqlamoqda.

Aytganlarimiz Prezidentimiz asos solgan xalq bilan muloqot tizimining amaliy natijalari,joylarda tashkil etilgan Prezident Xalq qabulxonalari faoliyati asosida oʻzgalar koʻmagiga muhtoj, najot kutayotgan insonlarga koʻrsatilayotgan koʻmaklar asosida ham oʻz isbotini topmokda.

 
Koronavirus pandemiyasi salbiy taʼsirini yumshatish borasida boshlangan xayrli ishlar bugun Prezident Xalq qabulxonalari ish faoliyatining asosiga aylanib ulgurdi. Karantin eʼlon qilingan ayni kunlarda Prezidentimizning Fargʻona viloyati Xalq kabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar ham endilikda on-layn tartibdaqabul qilinib, har bir murojaat oʻta qisqa fursatlarda oʻrganib, tahlil qilinmoqda va zudlik bilan yechimi topilmoqda.

Mazkur aytilganlarga isbot topish uchun uzoqqa borish shart emas! Misol tarzida Bagʻdod tumanini olaylik. Oʻtgan bir hafta davomida Prezident Xalq qabulxonasi boshchiligida tuman boʻyicha 700 dan ziyod ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy koʻmak paketlari – oziq-ovkat mahsulotlari toʻplami markazlashgan holda yetkazib berildi. Hozirda esa yana 1300 ta oilaga shunday koʻmak mahsulotlari tayyorlanyapti. Yaqin kunlarda ular ham oʻz egalariga yetkaziladi.

Tumandagi homiylar shunday sinovli kunlarda oʻzining begʻaraz yordamini koʻrsatish qalb amriga aylangan insonlar tomonidan yetkazib berilgan oziq-ovqat mahsulotlari sanitariya va gigiyena meʼyorlariga toʻliq amal qilingan holatda saranjomlanyapti hamda mahallalar kesimida shakllantirilgan roʻyxatlar asosida koʻmak kutayotgan insonlarga yetkazib berilyapti.

Shunday begʻaraz koʻmak “Namuna” MFY oʻramida istiqomat qiluvchi Mansurjon Rahmonovlar oilasiga ham olib borildi. Oilada toʻrtta jon istiqomat qiladi. Oila boshligʻi mavsumiy ishlar bilan band boʻlgan. Rafiqasi bola tarbiyasi bilan band. Ayni kunlarda joriy etilgan tartib boʻyicha uyida qolayotgan bu insonlarga goʻsht, makaron, un, yogʻ, sabzavot mahsulotlari ikki haftadan koʻproq vaqtga yetadigan darajada olib kirib berildi.

Furqat tumani aholisi murojaatlari bilan ishlab kelayotgan Prezident Xalq qabulxonasida hamkelib tushayotgan murojaatlar mazmun-mohiyati koʻpchilik hollarda karantin eʼlon qilingan kunlarda aholini oʻyga solayotgan masalalar bilan bogʻlik. Dehqon bozorlaridagi narx-navolar, pensiya va nafaqalar toʻlovi,dezinfeksiyalash jarayonlaridan boshlab ovloq qishloqlarda vujudga kelayotgan muammolar kelib tushmoqda va ularning echimini topish choralari zudlik bilan koʻrilmoqda.

Misol uchun, “Fargʻona suvtaʼminot” MCHJ Furqat tumani boʻlimi xodimlari aholi tomonidan Xalq qabulxonasiga kelib tushgan toza ichimlik suvini yetkazib berish boʻyicha murojaatlarni kondirish, joylardayuzaga kelgan avariya holatlarini bartaraf etish ishlari bilan bandlar. Umuman,nafakattoza ichimlik suvi taʼminoti, kommunal tarmoqqa daxldor boʻlib, Prezident Xalq qabulxonasiga kelib tushayotgan barcha masalalar zudlik bilan hal etilishiga eʼtibor susaymagan.

Furqat tumanida Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan dehqon bozorlaridagi narx-navolar moʻtadilligini saqlash,ayniqsa, narxlarning sunʼiy oʻsib ketishidek noxush hollarga yoʻl qoʻymaslik masalasiga eʼtibor kuchaytirilgan. Bundan tashqari, dehqon bozorlariga yetkazuvchi yoʻllar karantin talablariga koʻra dezinfeksiyalanmokda, bozorlarga kirishdasanitar-shifokorlar faoliyati tashkiletildi, bozor hududlari muntazam zararsizlantirilmokda. Mahsulotlar sifati taʼminlanishi barobarida narx-navolar barqarorligi saqlanmokda.

Bugun qaysi bir hududga bormang, karantin postlari faoliyatini kuzatasiz, koʻcha boʻylariga joylashtirilgan lavhalar barchani yuqumli kasallikdan himoyalanishga chorlaydi.

Shunday sinovli kunlarda Prezident Xalq qabulxonasi fargʻonaliklarni birdamlikda va hamjixatlikda ish tutib, yon-atrofdagilarni qoʻllab-quvvatlash, avvalambor, insoniy mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlashga ertayu kech xizmat qilmoqda.

Поделиться