O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
RASMIY BAYONOT: Oʻzbekistonda koronavirus kasalligi bilan 1380 bemor roʻyxatga olingan, 91 mingdan ziyod fuqaro karantinda boʻlib turibdi
2020-04-17 | Sog‘liqni saqlash
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov:
– Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus kasalligi bilan 1380 bemor roʻyxatga olingan. Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan maʼlumotga koʻra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 102 bemorning 27 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 4 nafarining ahvoli ogʻir, 1 nafarining ahvoli oʻta ogʻir. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 98 bemordan 2 nafarining ahvoli ogʻir. Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasida davolanayotgan 135 bemordan 35 nafarida pnevmoniya klinik belgilari bor, 8 nafarining ahvoli ogʻir, 1 nafarining ahvoli oʻta ogʻir, deb baholanyapti.
Bugungi kunga kelib 91 mingdan ziyod fuqaromiz karantinda boʻlib turibdi.
Hurmatli yurtdoshlar!
Uyda turib ortiqcha muloqotlarni chegaralasangiz, vaziyat barqarorlashuviga erishish mumkin. Olib borilayotgan tadbirlar, amalga oshirilayotgan ishlar, albatta oʻz samarasini beradi. Yaxshi kunlar yana-da yaqinlashishi uchun siz ham ishtirokchiga aylaning, uyda qoling!