O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
EXHT loyihalari koordinatorining O'zbekistondagi insonparvarlik yordami
2020-04-14 | Sog‘liqni saqlash
Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti O'zbekistondagi loyihalar koordinatori mamlakatimizdagi jazoni ijro etish muassasalariga koronavirus infektsiyasini kirib kelishini oldini olishda Bosh boshqarma tomonidan olib borilayotgan ishlarga ko'maklashish uchun insonparvarlik yordamini ko'rsatdi.
Insonparvarlik yordami o'z ichiga 15 turdagi turli tibbiy himoya (yuz niqoblari, tibbiy qo'lqoplar, ximoya kostyumlari, bog'lov materiallari), kir yuvish va shaxsiy giginena xamda antibakterial vositalarni jamlagan bo'lib, uning umumiy qiymati 180 million so'mdan ortiqdir.
Ushbu vositalar tarbiya koloniyasidagi voyaga etmagan mahkumlar
va mahkuma ayollarning koloniyasida jazo muddatini o'tayotgan maxsus kontingent uchun shuningdek, ushbu muassasalarda xizmat qilayotgan xodimlarga maqsadli ravishda etkazib berildi.
O'z navbatida IIV JIeBB rahbariyati jazoni ijro etish muassasalarida “SOVID-19” infektsiyasi kirib kelishini oldini olish bo'yicha ko'rsatilgan insonparvarlik yordami uchun Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti O'zbekistondagi loyihalar koordinatori, elchi Djon MakGregorga o'z minnatdorchiligini bildiradi.