O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ichki ishlar vazirligining axboroti
2020-04-13 | Jamiyat
Karantin tadbirlari e'lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo'yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog'liq jami – 55 386 ta holat aniqlangan.
Ular:
- Toshkent shahrida – 9 029 ta holat;
- Toshkent viloyatida – 7 705 ta holat;
- Farg'ona viloyatida – 7 635 ta holat;
- Samarqand viloyatida – 5 497 ta holat;
- Sirdaryo viloyatida – 4 154 ta holat;
- Qashqadaryo viloyatida – 4 066 ta holat;
- Namangan viloyatida – 3 252 ta holat;
- Andijon viloyatida – 3 243 ta holat;
- Buxoro viloyatida – 2 256 ta holat;
- Jizzax viloyatida – 2 070 ta holat;
- Qoraqalpog'iston Respublikasida – 2 020 ta holat;
- Surxondaryo viloyatida – 1 957 ta holat;
- Xorazm viloyatida – 1 848 ta holat;
- Navoiy viloyatida – 654 ta holatni tashkil etmoqda.
Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.
Misol uchun, 12 aprel kuni Toshkent viloyati, Parkent tumani, “Zarkent” kishlog'i, Istiqlol ko'chasida yashovchi 1981 y.t. B.D., YUqorichirchiq tumani, “Navro'z” mahallasi, A.To'qay ko'chasida yashovchi 1983 y.t. SH.M., Andijon viloyati, Xo'jaobod tumani, “Sarqamish” mahallasi, Do'ng ko'chasida yashovchi 1994 y.t. U.Z., Andijon tumani, “Guliston” mahallasi, Guliston ko'chasida yashovchi 1999 y.t. SH.T., Buxoro viloyati, G'ijduvon tumani, “Qaraxoni” mahallasi, “YUqori rabot” qishlog'ida yashovchi 1993 y.t. I.G'., Qorako'l tumani, “Ziyorat” mahallasida yashovchi 1987 y.t. SH.T., Qoraqalpog'iston Respublikasi, Qorao'zak tumani, “S.Kamalov” ovulida yashovchi 1982 y.t. S.T.lar jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilganlar.
12 aprel kuni Namangan shahar, 3-Norin ko'chasida yashovchi 1989 y.t. A.X., Qoraqalpog'iston Respublikasi, ellikqal'a tumani, “Bog'yop” ovulida yashovchi 1978 y.t. A.e.lar ruxsatnomasiz o'z transportlarida bemaqsad yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bo'yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
12 aprel soat 14:00da Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, “Bahor” mahallasi, Sokinlik ko'chasida yashovchi 2001 y.t. R.SH. karantin qoidalarini buzib, mast holatda mayda bezorilik sodir qilganligi uchun, unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54, 194 va 183-moddalari asosida Ma'muriy ishlar bo'yicha Guliston tumani sudi tomonidan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.
12 aprel kuni Jizzax shahar, “H.Olimjon” mahallasi, N.Qo'shoqov ko'chasida yashovchi 1997 y.t. X.I. “Kimyogar” mahallasida joylashgan o'ziga tegishli bo'lgan karaoke barda 5 nafar mijozlarga xizmat ko'rsatayotganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.
12 aprel kuni Namangan viloyati, Pop tumani, “CHig'anoq” mahallasida yashovchi 1993 y.t. A.Y. jamoat joyida ximoya niqobini taqmasdan, mast holatda fuqarolar osoyishtaligini buzib yurganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54, 183 va 194-moddalari bilan Ma'muriy ishlar bo'yicha Pop tumani sudi tomonidan A.Y.ga 15 sutka hamda 1 115 000 so'm jarima jazosi belgilangan.
Ta'kidlab o'tamiz, har birimiz zimmamizdagi vazifalarga yanada mas'uliyat bilan yondoshib, sanitariya-gigiena talablariga qat'iy rioya qilishimiz, eng bebaho ne'mat bo'lgan sihat-salomatlikni asrash va himoya qilish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishimiz shart.
J.y. 13 aprel soat 09:00 holatiga