O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ichki ishlar vazirligining axboroti
2020-04-09 | Jamiyat
Karantin tadbirlari e'lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo'yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog'liq jami – 39 245 ta holat aniqlangan.
Ular:
- Toshkent shahrida – 6 242 ta holat;
- Farg'ona viloyatida – 4 954 ta holat;
- Toshkent viloyatida – 4 839 ta holat;
- Samarqand viloyatida – 4 052 ta holat;
- Qashqadaryo viloyatida – 3 370 ta holat;
- Sirdaryo viloyatida – 2 927 ta holat;
- Namangan viloyatida – 2 533 ta holat;
- Andijon viloyatida – 2 030 ta holat;
- Jizzax viloyatida – 1 746 ta holat;
- Surxondaryo viloyatida – 1 713 ta holat;
- Xorazm viloyatida – 1 577 ta holat;
- Buxoro viloyatida – 1 549 ta holat;
- Qoraqalpog'iston Respublikasida – 1 258 ta holat;
- Navoiy viloyatida – 455 ta holatni tashkil etmoqda.
Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.
Misol uchun, 8 aprel kuni Jizzax viloyati, Do'stlik tumani, “G'.G'ulom” mahallasi, G'.G'ulom ko'chasida yashovchi 1999 y.t. A.SH., SH.Rashidov tumani, Samarqandquduq qishlog'i, Boburiy ko'chasida yashovchi 1981 y.t. A.N., Farg'ona viloyati, Bog'dod tumani, “Kanizar” mahallasida yashovchi 1985 y.t. YU.T., Bog'dod tumani, “SHo'roqer” qishlog'ida yashovchi 1994 y.t. L.S., Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumani, “Bo'zachi” mahallasi, Bo'zachi qishlog'ida yashovchi 1975 y.t. T.A. jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilganlar.
8 aprel kuni Urganch shahar, Firdavsiy ko'chasida yashovchi 1973 y.t. X.B., Qoraqalpog'iston Respublikasi, Amudaryo tumani, “Qalimbek” mahallasida yashovchi 1984 y.t. F.T., Qo'ng'irot tumani, “O'rnek” ovulida yashovchi 1998 y.t. B.T.lar ruxsatnomasiz o'z transportlarida bemaqsad yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bo'yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
8 aprel kuni Buxoro viloyati, Romitan tumani, “Zarafshon” mahallasi, X.Azizon ko'chasida yashovchi 1978 y.t. M.J. o'z avtomashinasida ruxsatnoma stikerisiz o'zidan tashqari 3 nafar fuqaroni avtomashinaga mindirib, maqsadsiz yurganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bo'yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
8 aprel kuni Xorazm viloyati, Urganch tumani, Goybu kishlog'i, “SHoxidonlar” mahallasida yashovchi 1988 y.t. S.R. velosipedda bemaqsad yurganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bo'yicha javobgarlikka tortilib, velosipedlari jarima
6 aprel kuni Guliston shahar, “Do'stlik” mahallasi, Abdullaev ko'chasida yashovchi muqaddam sudlangan 1982 y.t. U.D. karantin qoidalariga rioya qilmasdan, “Do'stlik” qo'rg'onida tashkil etilgan blok post orqali Guliston shahriga kirishga uringan. Unga qarshilik qilgan IIO xodimlarining qonuniy talablariga bo'ysunmay, qo'pollik qilib, xizmat vazifasini bajarayotgan ichki ishlar va boshqa huquq-tartibot organlari xodimlariga nisbatan haqoratli so'zlar ishlatgani uchun Ma'muriy ishlar bo'yicha Guliston shahar sudi tomonidan U.D.ga Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 183-moddasiga asosan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi, 194-modda 1-qismiga asosan 446.000 so'm jarima jazosi, hamda U.D.dan 501.750 so'm qamoq harajatlari undirilishi belgilangan.
Ta'kidlab o'tamiz, har birimiz zimmamizdagi vazifalarga yanada mas'uliyat bilan yondoshib, sanitariya-gigiena talablariga qat'iy rioya qilishimiz, eng bebaho ne'mat bo'lgan sihat-salomatlikni asrash va himoya qilish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishimiz shart.
J.y. 9 aprel soat 09:00 holatiga