O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ichki ishlar vazirligining axboroti

2020-04-07 | Jamiyat

Karantin tadbirlari e'lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo'yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog'liq jami – 32 649 ta holat aniqlangan.

Ular:

- Toshkent shahrida – 5 284 ta holat; 

- Farg'ona viloyatida – 4 088 ta holat;

- Toshkent viloyatida – 3 910 ta holat;

- Samarqand viloyatida – 3 194 ta holat;

- Qashqadaryo viloyatida – 2 877 ta holat;

- Namangan viloyatida – 2 171 ta holat;

- Sirdaryo viloyatida – 2 161 ta holat;

- Andijon viloyatida – 1 781 ta holat;

- Jizzax viloyatida – 1 613 ta holat;

- Surxondaryo viloyatida – 1 533 ta holat;

- Xorazm viloyatida – 1 330 ta holat;

- Buxoro viloyatida – 1 320 ta holat; 

- Qoraqalpog'iston Respublikasida – 1 042 ta holat;

- Navoiy viloyatida – 345 ta holatni tashkil etmoqda.

Karantin qoidalari va saniyatariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda. 

Misol uchun, 6 aprel kuni Jizzax viloyati, Paxtakor tumani, “Oltinko'l” mahallasida yashovchi 1991 y.t. J.R., Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida yashovchi B.S., Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahri, S.Kamalov ko'chasida yashovchi 1987 y.t. J.B., Jizzax viloyati, Zafarobod tumani, Lolazor qishlog'ida yashovchi 1998 y.t. O.X. jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilganlar.

6 aprel kuni Navoiy viloyati, Nurota tumanida yashovchi SH.S. (ayol), turmush o'rtog'i B.B. va uch nafar farzandi bilan Toshkent shahridan qaytib kelganligi sababli, Nurota tumani Sanitariya epidimiologiya-osoyishtalik markazi tomonidan karantinga olingan bo'lsada, karantinga olingan xonadonidan o'zboshimchalik bilan chiqib ketganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

6 aprel kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahri, S.Kamalov ko'chasida yashovchi 1987 y.t. J.B. va Nukus shahri, Majitov ko'chasida yashovchi 1979 y.t. T.A. ruxsatnomasiz o'z transportlarida bemaqsad yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bo'yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan. 

Ta'kidlab o'tamiz, har birimiz zimmamizdagi vazifalarga yanada mas'uliyat bilan yondoshib, sanitariya-gigiena talablariga qat'iy rioya qilishimiz, eng bebaho ne'mat bo'lgan sihat-salomatlikni asrash va himoya qilish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishimiz shart.

J.y. 7 aprel soat 09:00 holatiga

Поделиться